Allaqulova nodiraning


Kartondan «O‘yla, izla, top» ko‘rgazmali  qurolini tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 162,34 Kb.
səhifə3/9
tarix23.06.2022
ölçüsü162,34 Kb.
#62120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-AmaliyTexnologiya

Kartondan «O‘yla, izla, top» ko‘rgazmali  qurolini tayyorlash texnologiyasi
1. 30×44 sm o‘lchamdagi karton qog‘ozi olinadi.
2. Karton qog‘ozining usti oq qog‘oz bilan muqovalanadi.
3. Karton qog‘ozining 5sm yuqori qismiga «O‘yla, izla, top» deb 
yozib qo‘yiladi.
4. Kartonning pastki qismiga 5 sm rangli kartondan turli shaklda 
cho‘ntakcha qirqib olinib yelimlab qo‘yiladi.
5. Kartonning qolgan qismini teng 9 bo‘lakka bo‘lib o‘lchab chizib 
olinadi.
6. Har bir bo‘lakning pastki qismiga sonlarni joylashtirish uchun rangli kartondan turli shakllarda cho‘ntakcha qirqib yelim lab chiqiladi.
7. Har bir bo‘lak rangli qog‘oz yordamida ajratib olinadi.
8. Rangli kartondan turli shakllarda shablon yasab 1-9 gacha bo‘lgan sonlarni yozib chiqamiz.
9. Har bir shablonni chetki qismi skochlanib chiqilsa ham bo‘ladi.
10. 1–9 gacha bo‘lgan sonlarni ko‘rgazmali qurolga shunday tar -
tibda joylashtirishimiz kerakki, har qanday yo‘l bilan qo‘shib hisoblan ganda 15 raqami chiqishi kerak.

Savol va topshiriqlar

  1. Ko‘rgazmali qurollarga mustaqil ishlov bering.
    2. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish texnologiyasini tushuntirib bering.
    Mavzu: Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasi

  2. Reja:

1. Tabriknomalar haqida ma’lumot berish.
2. Kvilling usulida shakllar yasash haqida ma’lumot berish.
3. Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasini tu shun -
tirish.
Pedagogik vazifalar:
• talabalarning tabriknoma va ularning turlari haqidagi bilim larini aniqlash;
• kvilling usulida shakllar yasash haqida tushunchalar berish;
• kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasini tushuntirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, aqliy hujum, amaliy ish, amaliy ish taq dimoti.
Ta’lim vositalar: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, tabriknoma turlaridan namunalar, kviling usulida shakllar yasash bosqichlari, rangli qo g‘oz, rangli karton, qaychi, chizg‘ich, qalam, yelim.Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida 
savol lar beriladi.
1. Tabriknomalarning qanday turlarini bilasiz?
2. Tabriknomalar nima maqsadda ishlatiladi?
3. Kvilling usulida qanday shakllar yasash mumkin?
4. Kvilling usulida tabriknoma yasashda qanday qog‘ozdan foydalaniladi?
5. Qanday bayramlarni bilasiz?

Yüklə 162,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin