Kvilling shakllari: Kvilling ishining asosiy shakl doira shakli
bo‘lib, ana shu shakl asosida boshqa shakllar tayyorlanadi. Masalan:
Tom chi shakli, barg shakli, gul shakli va boshqa shakllar asosiy doira
shak lining totmonlarini buklash va qisqartirish yo‘llari orqali hosil
qili nadi.
Asos kartonining ustki qismiga tayyorlangan shakllar joy lashti ri-
ladi. Shakllar bosqichma-bosqich belgilangan joyga PVA yelimi yor-
da mida yelimlanadi.
Mustaqil ish topshiriqlari 1. Turli bayram tabriknomalari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plang. 2. Applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlang.
II BO‘LIM. TURLI VA TABIIY MATERIALLAR BILAN ISHLASH Mavzu: O‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatish. (Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash) Reja: 1. Ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish.
2. Chiqindi idishlari va ulardan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berish.
3. Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash
texnologiyasi. Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga chiqindi idishlari
va uning turlari haqida ma’lumot berish. Chiqindi idishlaridan turli
buyumlar yasash texnologiyasini o‘rgatish.
O‘qituvchining vazifalari: • chiqindi idishlari va ulardan unumli foydalanishga o‘rgatish;
• chiqindi materiallaridan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berish;
• chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasi bilan tanishtirish;
• amaliy ish natijalarini ko‘radi, xato va kamchiliklarni ko‘rsatadi,
baholaydi.
Ta’lim usullari: Ko‘rgazmalilik, “Aqliy hujum”, mustaqil ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar, turli chiqindi idishlari, qaychi, yelim, karton. Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida
savollar beriladi.
1. Chiqindi materiallari bilan ishlash o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasida qanday ahamiyatga ega?
2. Chiqindi idishlaridan nimalar yasash mumkin?
3. Tejamkorlik nima?
4. Qanday chiqindi materiallarini bilasiz?
5. Ish qurollaridan foydalanish qoidalari qanday?