Tabriknoma va uning turlari haqida ma’lumotlar.
Tabriknomalar insonlarni yaxshi kunlarida: tug‘ilgan kun larda, bayramlarda, to‘y-marosimlarda o‘z tilaklarini, yaxshi ni yat larini bildirish uchun taqdim etiladi. Tabriknomalar turli bay ramlar uchun turli shakl larda va o‘lchamlarda ishlab chiqiladi. Tab riknomalar asosan karton qog‘ozidan tayyorlanadi. Muqovasi turli bezaklar (gullar, ramziy belgilar va boshqa shakllar) bilan bezatiladi. Asosan, 8 mart va Nav ro‘z bayramlariga gullar tas virlangan tabriknomalardan, tavallud kun lariga esa insonga tilak bildiruvchi ramziy belgilar tasvirlangan tab riknomalar taq dim etiladi. Yangi yil bayramida qish, Qorbobo va sov g‘alar tasvirlangan tabriknomalardan, turli kasbiy bayramda kasblar, gullar, turli ramziy belgilar tasvirlangan tabriknomalardan foydalanish tavsiya etiladi. Tabriknoma yasash uchun bizga quyidagi ish qurollari va materiallar kerak bo‘ladi. Kvilling usuli
Kvilling – bu badiiy texnika, ikki taraflama rangli qog‘oz tasmasi
asosida bajarilgan amaliy ish, gugurt cho‘piga yoki tishkovlagichga
o‘rab chiqiladigan va turfa xil shaklga aylantirilgandan keyin 7 turli xil figura ko‘rinishida yelimlanadi. Bu texnika tasviri asosida (nafis gullar, bejirim naqshlar, ertak qahramonlari, hayvonlar va baliqlar, qushlar) tabriknomalarni, albom larni, qutichalarni, rasm uchun ramkalarni bezash mumkin. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari kvilling texnikasining mashg‘ulot-
larini birinchi bosqichidagi qog‘ozni o‘rash jarayoni qiyin bo‘lishiga
qaramay, juda maroq bilan bajarishadi. Kvilling usulida turli narsalar shaklini yasashda uni bosqichma- bosqich o‘rgatish kerak. Bajarilgan har bir yangi shaklni bir nechta
mash g‘ulotda olib borish kerak.
Uzunligi 16 sm eni 24 sm bo‘lgan karton qog‘ozi olinadi. Uni teng
ikkiga buklaymiz.16 smga 12 sm bo‘lgan tabriknoma asosi hosil bo‘ladi.
Turli rangdagi rangli qog‘oz olinib, 1 sm qilib qalam yordamida
chizib chiqiladi. Chizilgan joyidan qirqib uzun tasmalar hosil qilinadi.
Hosil bo‘lgan tasmalarni tish kovlagichning bir uchiga qistiramiz.
Tas mani tishkovlagichga mahkam o‘rashni boshlaymiz. Bunda barmoq
bi lan tishkovlagichni aylantirib turamiz. Bosh spiralni bajarayotganda
tasmani qattiq o‘rab bo‘lmaydi. Ayniqsa oxirgi o‘rash vaqtida, unda
spiral qattiq bo‘lib ochilmay qolishi mumkin.Bir nechta tasmalarni yoki
du ma loqlarni bir-biriga yelimlab, detalning hajmini katta qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |