Allergik dermatit allergiya: sabablari, alomatlari tashxisi, davolash va


 Oziq-ovqat allergiyasining oldini olish



Yüklə 63,7 Kb.
səhifə2/6
tarix11.04.2023
ölçüsü63,7 Kb.
#96299
1   2   3   4   5   6
Abdulaxatov Sh. Mamatqodirov Sh.

7.7 Oziq-ovqat allergiyasining oldini olish

  • 7.8 Pollinozni oldini olish

  • 7.9 Anafilaktik shokning oldini olish

    ALLERGIYA NIMA?


    Allergiya juda keng tarqalgan. Sog’liqni saqlash organlari ma’lumotiga binoan Shimoliy Amerika va G’arbiy Evropada taxminan 20% odamlar pollinoz(allergik rinokonyuktivit, allergik rinit)ga duchor bo’lishgan.
    Butun dunyoda allergiya bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. «Allergy UK» ma’lumotlariga ko’ra, taxminan 30-40% odamlar hayotlarining bir qismida allergiyaga duchor bo’lishadi. Allergiya eng ko’p bolalarda uchraydi, ayniqsa oziq-ovqatga nisbatan allergiya kuzatiladi.

    ALLERGIYA BELGILARI VA ALOMATLARI


    Agar allergik inson allergen bilan to’qnashganda, allergik reaktsiya darhol yuzaga kelmaydi. Immun tizimi asta-sekin moddaga nisbatan sezgirlikni oshiradi.
    Vaqt o’tib, tana o’ziga xos yuqori sezgirlikka ega bo’ladi — bu jarayon sensibilizatsiya deb ataladi.
    Sensibilizatsiya bir necha kundan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Ko’pgina holatlarda sezuvchanlik jarayoni oxirigacha yakunlanmaydi va bemorda ba’zi alomatlar yuz beradi, ammo to’liq alergik reaktsiya kuzatilmaydi.
    Immun tizimi alergenga ta’sir qilganda, yallig’lanish va qo’zgalish xususiyati paydo bo’ladi. Belgilar va alomatlar alergen turiga bog’liq. Allergik reaktsiyalar ichakda (ovqat hazm qilish tizimi), terida, sinuslarda, havo yo’llarida, ko’zlar va burun yo’llarida paydo bo’lishi mumkin.
    Chang va changchiga allergiya simptomlari quyidagi belgilarga ega:

    • Burun bitishi;

    • Ko’zlarning qichishi;

    • Burundagi qichishish;

    • Rinit;

    • Ko’zlarning shishishi;

    • Ko’zlarning yoshlanishi;

    • Yo’talish.

    Teridagi allergiya, masalan, ekzema (atopik dermatit) simptomlari:

    • Teri po’st tashlashi;

    • Qichishish;

    • Teri quruqlashishi;

    • Terida qizg’ish toshmalar toshishi.

    Oziq-ovqat mahsulotlariga (oziq-ovqat) bo’lgan allergiya turli reaktsiyalarga ega:

    • Qayt qilish;

    • Tilning shishi;

    • Og’izdagi achishish;

    • Labning shishishi;

    • Yuzni shishishi;

    • Tomoq shishishi;

    • Oshqozon spazmi;

    • Nafas olishning buzilishi;

    • Rektal qon ketish (bolalar kamdan-kam hollarda);

    • Diareya;

    • Anafilaksiya (anafilaktik shok) — juda jiddiy, ko’pincha hayot uchun xavfli bo’lgan allergik reaktsiya.

    Hasharotlarning chaqishiga alergiya quyidagi alomatlarga ega:

    • Ovozning xirillashi;

    • Chaqilgan joyining shishishi;

    • Qon bosimining keskin pasayishi;

    • Teri qichishi;

    • Bosh aylanishi;

    • Yo’tal;

    • Nafas olish qiyinligi;

    • Tashvishlanish;

    • Anafilaksiya.

    Dori vositalarga allergiya quyidagi belgilarga ega bo’lishi mumkin:

    • Ovozning xirillashi;

    • Tilning shishishi;

    • Labning shishishi;

    • Yuzni shishishi;

    • Teri toshmasi;

    • Qichima;

    • Anafilaktik shok belgilari.

    Yüklə 63,7 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin