O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali KI fakulteti III bosqich KI-12-19-guruh talabasiAlmardonov Sh «Pedpogogika. Psixologiya» fanidan «Kasb va shaxs psixologiyasi » mavzusida yozgan mustaqil ishi Fan o’qituvchisi Jalolova.P
Kasb va shaxs psixologiyasi Reja:
1. Kasb psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari.
2. Shaxs tushunchasi va shaxs rivojlanishining shaxsga xos xususiyatlari.
3. Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakillanish.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kasb psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari
Genetik usullar Genetik metodlar uzoq vaqt davomida shaxs kasbiy rivojlanishining o‘zgarishlarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan. Kasb psixologiyada longityud metod, psixobiografiya, individning kasbiy shaklanishini monografik tasvirlash usullaridan keng foydalaniladi. Longityud metod - bir xil yoshdagi sinaluvchilarning ularni rivojlanishi jarayonini ko‘p marotabali tizimli ravishda o‘rganishdan iborat. Longityud metodi insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni o‘rganish maqsadida yillar davomida o‘tkaziladi. Longityud metodi psixologiyada XX asrning 20-yillarida shakllana boshladi va asosan psixik genezisi va bolalar, yoshlar psixik pragnozini ilmiy jihatdan asoslab berish uchun qo‘llanilgan
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi.
Bu metod psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo’llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, to’qigan narsalar, tikkan qo’g’irchoqlar, to’qib, so’zlab berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar chizmasini tushunish kabilarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli, texnik ijodi yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Mazkur metodda ijod mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi.