SH a x s - ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsulii, ongli faoliyatning sub’ekti bo’lmish individdir. SHaxsga taaluqli bo‗lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob‘ekt, ham sub‘ekt bo‗lishlikdir. SHaxsga taalluqli bo‗lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta‘sirlarni o‗z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob‘ektni), so‗ngra shu ta‘sirlarning sub‘ekti sifatida faoliyat ko‗rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanok «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o‗sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an‘analar, udumlar, turli xil tillar olami bo‗lib, undagi ko‗plab qoidalarga ko‗pchilik mutloq qo‗shiladi, ba‘zilar qisman qo‗shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo‗ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta‘qiblanadi. SHulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib - qoidalarni qabul qiluvchi sub‘ekt bo‗lsa, jamiyat - ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko‘rinishidir.
Adabiyotlar: 1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. Югай A.Х., Мираширова Н.А. “Общая психология” – Tашкент 2014.
3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
4. Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.
5. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan