Alohida yordamga muhtoj bolalar diqqat xususiyatlarini tekshirish
Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi davrida qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak-tomir kasalliklari sabab bo‘lishi mumkin. Ilk yoshda xar xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasallanib turish natijasida bola yaxshi o‘sib-unmay qolishi mumkin , bu esa o‘z navbatida ruhiy jihatdan rivojlanishida orqada qolishga, kechikishga olib keladi, sust rivojlanganlikning somatik shakli deb shunga aytiladi. Bolada surunkali infeksiyalar, allergik holat tug‘ma porok va shu kabi kasalliklar ayniqsa tez uchrab turadi. Ruhiy rivojlanishning somatogen sabablarga aloqador sustligi bolada asteniya holatini vujudga keltiradi. Ayrim bolalarda somatogen infantilizm kuzatiladi, ya’ni bola o‘sib-unmagan, go‘dak taxlit bo‘lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga o‘xshash holatlardan o‘z kuchiga ishonmaslik, qo‘rqoqlik, injiqlik, erkalik, qiziqishning pastligi va boshqalar kuzatiladi.

Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta yoshligidan noqulay, noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy tomonlari ruhan rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan bo‘ladi. Shu xildagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini 3 guruhga bo‘lish mumkin: 1. Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug‘ullanmaslik, uni butunlay o‘z holiga tashlab qo‘yish, bunda bolalarda burch va mas’uliyat hissi shakllanmaydi. Aql-idrokning rivojlanishi, qiziqishlari, bilish faoliyati,his-tuyg‘u va iroda yetishmasligi ustiga o‘quv fanlarini o‘zlashtirish uchun zarur bilim va taassurotlarning yetishmasligi ham qo‘shiladi.

2 Bolani har tomonlama erkalatish,etarli mustaqil faoliyatga o‘rgatmaslik, tashabbuskorlik, mas’uliyat xissini shakllantirmaslik bolani «oila erkasi» qilib o‘stirish,haddan tashqari uning ko‘ngliga qarab ish tutish natijasida ham bola ruhiy rivojlanishida bir qadar orqada qolishi mumkin.
3 Bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish, jismoniy jazolash, qattiq qo‘llik qilish, ota-onalarning alkogolizmga aloqador tajovvuzkorona munosabatlari bolani mudom asabiylashtirib, ruhan rivojlanishdan orqada qolishiga sabab bo‘ladi. Bunday bolalarda qo’pollik, jur’atsizlik,tashabbussizlik, mustaqilsizlik,qo‘rqoqlik va boshqa hislatlar shakllanadi. Bularning hammasi aql-idrokiga, bilish faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.