Alohida yordamga muhtoj bolalar diqqat xususiyatlarini tekshirish


Miyaga aloqador organik xarakterdagi yana shu ikki xil infantilizm ko‘p holatlarda qator qo‘shimcha hodisalar bilan birga davom etadi.Bularga quyidagilar kiradi



Yüklə 28,88 Kb.
səhifə8/9
tarix07.01.2024
ölçüsü28,88 Kb.
#206989
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Alohida yordamga muhtoj bolalar diqqat xususiyatlarini tekshirish

Miyaga aloqador organik xarakterdagi yana shu ikki xil infantilizm ko‘p holatlarda qator qo‘shimcha hodisalar bilan birga davom etadi.Bularga quyidagilar kiradi:

  • Miyaga aloqador organik xarakterdagi yana shu ikki xil infantilizm ko‘p holatlarda qator qo‘shimcha hodisalar bilan birga davom etadi.Bularga quyidagilar kiradi:
  • 1 Serebral-endokrin infantilizm. Bunda asosan ichki sekresiya bezlari faoliyati buzilgan bo‘ladi.Natijada bolalarda his-tuyg‘ular yaxshi rivojlanmay nevropatiya holatlari yuzaga keladi. Bolaning uyqusi, ishtahasi yaxshi bo‘lmaydi, dispepsiya holatlariga moyillik paydo bo‘ladi.
  • 2 Serebrastenik holatlar, bular ham tez-tez uchrab turadi. Markaziy nerv sistemasi tez charchaydi, neyrodinamik o‘zgarishlar kuzatiladi. Natijada aqliy qobiliyati susayib, xotira pasayadi, diqqati tarqoq bo‘lib qoladi, tez ta’sirlanish, qiz bolalarda yig‘loqilik, o‘g‘il bolalarda xaddan tashqari qo‘zg‘aluvchanlik kuzatiladi, bola ish qobiliyati past, arzimagan narsaga tez charchaydigan bo‘lib qoladi.
  • 3. Tabiatan nevrozga yaqin holatlar, bular qorong‘udan, yakkalikdan qo‘rqish, o‘zi va atrofdagilar sog‘lig‘i uchun xavfsirash, giperkinezlar, duduqlanish, enurez, kabi hodisalar bilan birga ifodalanadi.
  • 4 Psixomotor qo‘zg‘aluvchanlik – asosan o‘g‘il bolalarda ko‘proq uchraydi. Serharakatlik, diqqatning tarqoqligi,tez chalg‘ish bunga xarakterlidir.
  • 5. Affektiv o‘zgarishlar – kayfu-ruhiyatning aytarli sababsiz aynib turishi, tajovuzkorlik qilishga moyil bo‘lish bilan xarakterlanadi.
  • 6. Psixopatik o‘zgarishlar – aqliy faoliyatga rag‘bat pastligi, o‘qishga salbiy munosabatda bo‘lish, o‘g‘rilik qilish(kleptomaniya), ko‘proq yolg‘on gapirish kabi salbiy xislatlarni o‘z ichiga oladi.
  • 7. Epileptik buzilishlar – har xil ko‘rinishlarda tutqanoq tutib turishi bilan namoyon bo‘ladi.
  • 8. Apatik-adinamik buzilishlar – tashabbuskorlik pasayishi, aqliy faoliyat sustligi, xaddan tashqari emotsional bo‘shanglik bilan xarakterlanadi.

Ruhiy sust rivojlanishning serebral shakli miya shikastlari, meningit, meningoensefalit, gidrotsefaliya va boshqa kasalliklar natijasi bo‘lib hisoblanadi.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni o‘qishi pasayib ketadi, biroq bu holat o‘z vaqtida va to‘g‘ri aniqlansa,bolalarga tegishli yordam tashkil etilsa, ular ommaviy maktab dasturini o‘zlashtira oladilar.Ruhan rivojlanish kamchiliklarining ba’zi bir shakllarida bolalarni vaqti-vaqti bilan maxsus psixonevrologik sanatoriylarda davolash foydalidir.Sanatoriyada bola kollektiv ishiga asta-sekinlik bilan jalb etiladi. Unda charchash alomatlari paydo bo‘lganda, u o‘quv mashg‘ulotlaridan vaqtincha ozod etiladi yoki unga soddaroq boshqa vazifalar beriladi.Sanatoriyda davolanib kelgandan so‘ng bola o‘qishni o‘z maktabida davom ettiraveradi.

  • Ruhiy sust rivojlanishning serebral shakli miya shikastlari, meningit, meningoensefalit, gidrotsefaliya va boshqa kasalliklar natijasi bo‘lib hisoblanadi.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni o‘qishi pasayib ketadi, biroq bu holat o‘z vaqtida va to‘g‘ri aniqlansa,bolalarga tegishli yordam tashkil etilsa, ular ommaviy maktab dasturini o‘zlashtira oladilar.Ruhan rivojlanish kamchiliklarining ba’zi bir shakllarida bolalarni vaqti-vaqti bilan maxsus psixonevrologik sanatoriylarda davolash foydalidir.Sanatoriyada bola kollektiv ishiga asta-sekinlik bilan jalb etiladi. Unda charchash alomatlari paydo bo‘lganda, u o‘quv mashg‘ulotlaridan vaqtincha ozod etiladi yoki unga soddaroq boshqa vazifalar beriladi.Sanatoriyda davolanib kelgandan so‘ng bola o‘qishni o‘z maktabida davom ettiraveradi.
  • Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun mamlakatimizda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari internatlari, kuni uzaytirilgan maktablarda tenglashtirish sinflari tashkil etilgan.Ushbu masalalarda ta’lim umumta’lim oddiy bog‘cha yoki maktab dasturi va darsliklari asosida olib boriladi,himoyalaydigan muloyim davolovchi maxsus tartib tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaviy ishlar bolalarning fikrlash qobiliyati, diqqati, ish qobiliyati, xotirasi, nutqi va tafakkuridagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib,bunday bolaga bilim berishda o‘qituvchi uning o‘ziga xos individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan ishlaydi, tegishli yordam tashkil etadi.

Yüklə 28,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin