Alter funksiyasi



Yüklə 10,2 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü10,2 Kb.
#198678
1   2   3   4
ALTER FUNKSIYASI

SQL TILI:

SQL tili so'rov-natija ko'rinishida ishlaydi. So'rovlar har bir element uchun emas, butun bir guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlar qay shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati yo'q, foydalanuvchilar ham bu ma'lumotlarni bilishi shart emas. Faqatgina operatorlarni to'g'ri yozish orqali istalgan ma'lumotlarni chiqarish mumkin bo'ladi.

SQL tili barcha ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy standart til hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar siz bu tilni bir marotaba o'rganib olsangiz, istalgan MBBT lari bilan ishlay olasiz. Bitta MBBT da yaratilgan biror sql operatorlar yig'indisi(kichik so'rov dasturi)ni, istalgan MBBT ga ko'chirish mumkin bo'ladi.

SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:

  • Ma'lumotlarni so'rov orqali olish.
  • Jadvalning qatorlariga ma'lumot qo'shish, qatorlarini o'chirish va yangilash.
  • Ob'ektlarni yaratish, o'zgartirish va o'chirish.
  • Ma'lumotlar bazasi va ob'ektlarga ruxsatlarni o'rnatish.
  • Ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta'minlash.

2 hil turdagi SQL mavjud: interaktiv va o'rnatilgan(встроенный). SQL ning bu 2 turi ishlashi bir hil, lekin har xil joyda ishlatiladi.
Interaktiv SQL deganda — ma'lumotlar bazasiga so'rov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya'ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir bo'ladi. So'rov-natija rejimda ishlaydi.
O'rnatilgan SQL deganda – so'rovlar yig'indisi biror dasturlash tilida ishlatilishi tushuniladi. Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror o'zgaruvchiga yuklab qo'yamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya'ni bunda so'rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi.

ALTER DATABASE:


SQL Serverda ushbu bayonot ma'lumotlar bazasini yoki ma'lumotlar bazasi bilan bog'langan fayllar va fayl guruhlarini o'zgartiradi. ALTER DATABASE ma'lumotlar bazasiga fayllar va fayl guruhlarini qo'shadi yoki o'chiradi, ma'lumotlar bazasi yoki uning fayllari va fayl guruhlari atributlarini o'zgartiradi, ma'lumotlar bazasini taqqoslashni o'zgartiradi va ma'lumotlar bazasi parametrlarini o'rnatadi. Maʼlumotlar bazasi suratlarini oʻzgartirib boʻlmaydi. Replikatsiya bilan bog'liq ma'lumotlar bazasi parametrlarini o'zgartirish uchun sp_replicationdboption dan foydalaning.

Yüklə 10,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin