Aluminiy sulfat tuzining olinishi va xossalari



Yüklə 64,51 Kb.
səhifə2/3
tarix29.04.2023
ölçüsü64,51 Kb.
#104568
1   2   3
Aluminiy sulfat tuzining olinishi va xossalari

Fizik xossalari:

Aluminiy- oq kumushrang, yaltiroq, yengil, plastik, elektr va issiqlikni yaxshi o’tkazadigan kuchsiz paramagnit xossasiga ega bo’lgan amfoter metall [1,2,3]



4Al + 3O2 = 2Al2O3 +Q (3351kJ)


Aluminiy amfoter xossaga ega bo’lgani uchun kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi:
2 Al +6HCL -> 2AlCL3 +3H2
2 Al + 5NaOH +6H2O ->2Na3[Al(OH)6] + 3H2 [1,2,3]
Kimyoviy xossalari:
Aluminiyning yuqori temperaturada d-oilasi elementlari bilan issiqlikka chidamli qotishmalari qizdirilganda galogenidlar bilan birikib
AlG3 tarkibli galogenidlar hosil qiladi.[1.289-b]
Aluminiyning bu galogenidlari yaxshi gidrolizga uchraydi va ishqoriy metallarning gidridlari bilan birikib kompleks birikmalar hosil qiladi.
AlCl3 + 4LiH = Li[AlH4] + LiCl
Aluminiy vodorod bilan to’g’ridan-to’g’ri birikmaydi. Uning vodorodli birikmalari bilvosita usul bilan hosil qilinadi. LiH ko’proq miqdorda olinsa u AlCl3 bilan reaksiyaga kirishib litiy alyuminogidrid hosil qiladi:
Li[AlH4] + AlCl3 = 4AlH3 + 3LiCl [1,2]
Aluminiy oddiy sharoitda xlor va brom bilan yod bilan esa qizdirilganda yoki katalizator suv ishtirokida reaksiyaga kirishadi. Aluminiy yuqori temperaturada S, N2, C bilan reaksiyaga kirishadi.
Aluminiy sirtida oksid parda bo’lganligidan u suvda erimaydi. Ishqorlarda erib aluminatlar hosil qiladi:
2Al + 2NaOH + 2H2O = 2NaAlO2 + 3H2 [2,3]
Aluminiy suyultirilgan HCl va H2SO4 kislotada eriydi. Konsentrlangan HNO3 ta’sir ettirilganda aluminiy passiv bo’lib qoladi va suyultirilgan kislotalarda erimaydi, chunki aluminiy sirtida juda zich oksid parda hosil bo’lib qoladi. [3.135-b]
Aluminiy 8000C da azot bilan birikib aluminiy nitrid, 10000C da oltingugurt bilan birikib aluminiy sulfid, 20000C da esa uglerod bilan birikib aluminiy karbid hosil qiladi.
2Al + 3J2 = 2AlJ3 [2.3]

II.3) Alyuminiy birikmalari.


Aluminiy o’zining barcha birikmalarida +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Boksit- tog’ jinsi bo’lib, tarkibida 32-60% gacha (massa bo’yicha) turlicha gidratlangan aluminiy (III) oksidi AlCl3* H2O , AlCl3* 3H2O saqlaydi.
Al2O3ning bir necha shakl o’zgarishlari mavjud.Bulardan eng muhimlari alfa- Al2O3 va gamma- Al2O3. alfa- Al2O3 nihoyatda barqaror va u korund mineralini hosil qiladi. Korund oq rangli kristall modda u romboedrik panjarada kristallanadi. Uning qattiqligi Moos shkalasida 9 ga teng (olmosniki 10 ga teng). Korund 20460C da suyuqlanadi. Al2O3ning hosil bo’lish entalpiyasi H0 = - 1676 kJ/mol. Shuning uchun aluminiy juda ko’p metal oksidlaridan metalni qaytaradi:
8Al + 3Fe3O4 = 4Al2O3 + 9Fe + 3326kJ [2.345-b]
Xira korunddan jilvir, tigel, pechlarning astarlari va boshqa o’tga chidamli buyumlar tayyorlanadi. Tiniq korunddan kuchli nur chiqaruvchi lazerning tarkibiy qismlari uchun ishlatiladi.
gamma- Al2O3 kubsimon kristall panjarada kristallanadi. U yaxshi adsorbent (boshqa moddalarni o’ziga yutadi) sifatida xromatografiyada ishlatiladi. [2.345-b]
Aluminiy gidroksid. Aluminiy tuzlari eritmasiga ishqor ta’sir ettirilganda Al(OH)3 cho’kmasi hosil bo’ladi. U kuchsiz kislotali muhitda cho’kadi.Aluminiy (I) oksidi. Al2O uchuvchan modda bo’lib, aluminiy bilan Al2O3 aralashmasi qizdirilganda hosil bo’ladi. [2.345-b]
Al(OH)3 +3HCl = AlCl3 + 3H2O
Al(OH)3 + NaOH = NaAlO2 + 2H2O
Aslda Na[AL(OH)4] ya’ni gidroksokompleks hosil qiladi. [2,3]
Al ning deyarli barcha tuzlari kristallogidratlardir. Shuning uchun ular tarkibiga bir nechta suv molekulalarini biriktirib oladi.
AlCl3* 3H2O ; Al2(SO4)3 *18H2O; Al(NO3)3 * 9H2O
[1.290-b; 2.346-b]

Yüklə 64,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin