Aluminiy sulfat tuzining olinishi va xossalari


Al ning eng muhim tuzlari



Yüklə 64,51 Kb.
səhifə3/3
tarix29.04.2023
ölçüsü64,51 Kb.
#104568
1   2   3
Aluminiy sulfat tuzining olinishi va xossalari

Al ning eng muhim tuzlari: AlCl3 , Al2(SO4)3 *18H2O , K2SO4* Al2(SO4)3 *24H2O (achchiqtosh) [3.135-b]
NaAlO2 – natriy metaaluminat deb yuritiladi. Mg metaaluminat Mg(AlO2)2 tabiatda shpinel nomli mineral tarzida uchraydi. [2.346-b]
Al tuzlari rangsiz suvda yaxshi eriydi. Ularning ba’zilari Al2S3, Al(CH3COO)3 to’liq gidrolizlanadi. Al2(SO4)3 , Al(NO3)3 ham suvda gidrolizlanadi, ular kislotali reaksiya namoyon qiladi.
Al2(SO4)3 +2H2O = H2SO4 + 2AL(OH)SO4 [2.346-b]
AlCl3 (yoki Al2Cl6) ko’pincha organik sintezlarda katalizator sifatida ishlatiladi.
II.4) Al2(SO4)3 va achchiqtoshlar.
Umumiy ma’lumotlar:
Umumiy ko’rinishi:

Xalqaro nomlanishi: Alyuminiy sulfat.
Kimyoviy formulasi: Al2(SO4)3


Olinishi:
Aluminiy sulfat tuzi aluminiyga sulfat kislota ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi.
2Al + 3H2SO4 = Al2(SO4)3 + 3H2 [4.240-b]

Fizik xossalari: Mr=342.15 g/mol, zichligi - 1.62-2.672g/sm3, qaynash temperaturasi - 7700C.


Alyuminiy sulfat - bu oqish – kulrang tuz, ba’zi hollarda ko’k yoki pushtirang ko’rinishda bo’ladi.
Oddiy sharoitda Al2(SO4)3 * 18 H2O kristallogidrat ko’rinishda bo’ladi.Bu kristallogidrat rangsiz kristallogidrat hisoblanib, oddiy sharoitda suvda erimaydi. Alyuminiy oksidi va oltingugurt (VI) oksididan hosil bo’ladi. Suvda yaxshi eriydi. Texnik alyuminiy sulfatni boksit yoki glinadan qaytarish jarayonida hosil bo’ladi. Toza mahsulot konsentrlangan sulfat kislotaning alyuminiy gidroksidda erishidan hosil bo’ladi.
Kimyoviy xossalari. Alyuminiy sulfat 7700C dan 8600C gacha mavjuddir.

Alyuminiy sulfat aluminiy gidroksid va sulfat kislotaning o’zaro reaksiyasidan hosil bo’ladi. Alyuminiy sulfat texnik toza mahsulot yonmaydi va xavfsiz
Organizmga 3-darajadagi xavf tug’diradigan modda. Alyuminiy sulfat texnik toza maxsus yumshoq konteynerlar qadoqlashda ishlatiladi. Alyuminiy sulfatning 4-5-6- darajali xillari 50 kgli qoplarda saqlanadi.Alyuminiy sulfat
Texnik toza modda.
Laboratoriya mashg’ulotlarida berilishicha, aluminiy sulfat ammoniy sulfid bilan reksiyaga kirishar ekan.Bunda aluminiy sulfid tuzi hosil bo’ladi.
Al2(SO4)3 + (NH4)2S = Al2S3 + (NH4)2SO4
Al2(SO4)3 kuchli kislotali reaksiya namoyon qiladi:
Al2(SO4)3 + 2H2O = H2SO4 + 2AL(OH)SO4
Al2(SO4)3 suvni tozalashda, qog’oz ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda ishlatiladi. [2.346-b]
Birikmalarining olinishi.
Al2(SO4)3 * 18 H2O giltuproqqa yoki toza kaolinga (gil) qaynoq sulfat kislota tasir ettirish yo’li bilan olinadi. Alyuminiy sulfat achchiqtosh deb ham yuritiladi.
Agar Al2(SO4)3 eritmasiga K2SO4 yoki (NH4)2SO4 qo’shib hosil bo’lgan aralashma bug’latilsa, kaliyli yoki ammoniyli achchiqtosh kristallanadi. Achchiqtoshlar kaliy, ammoniy, aluminiy sulfatlardan iborat qo’shaloq tuzlardir.
K2SO4* Al2(SO4)3 *24H2O va (NH4)2SO4* Al2(SO4)3 *24H2O
Achchiqtoshlar sanoatda tibbiyotda qandolatchilikda ishlatiladi. [2.346-b]
Al2(SO4)3 + NaOH = Al(OH)3 + 3Na2SO4 [1.291-b]
K2SO4Al(SO4)3  24H2O- teri oshlashda, paxta tolasidan tayyorlangan matolarni bo’yashda ishlatiladi.
Aluminiyli achchiqtosh KAl(SO4)3 * 12 H2O aluminiyning texnika jihatidan eng muhim tuzidir. Terilarni oshlashda va gazlamalarni bo’yoqchilik ishida bo’yash uchun xurush sifatida ko’p miqdorda ishlatiladi. Aluminiyli achchiqtoshning xurush sifatida ishlatilishi gidroliz natijasida hosil bo’ladigan aluminiy gidroksid mayda dispers holatda matolarning tolalariga o’tirib qolib, bo’yoqni adsorbilashi va uni tolada mahkam ushlab qolishiga asoslangan.[1.2.3]
III)Xulosa. Alyuminiy va birikmalarini ahamiyati.

Al va uning birikmalari elektrotexnikada turli qotishmalar tayyorlashda olishda, konditer va to’qimachilik sanoatida, issiqlikka va o’tga chidamli moddalar tayyorlashda, keramika, sement, shisha olishda, organik moddalarni sintezlashda ishlatiladi.Alyuminiy oksidi Al2O3 ning tabiatda kristal xolatda uchraydigan turi korund deb ataladi. Qum bilan aralashmasidan jilvir tayyorlanadi.Ozgina xrom qo’shimchasi bo’lgan korund kristallari yoqut deyiladi.


Alyuminiy ko’p ishlatiladigan soha aviatsiya soxasidir. Samolyotlar 2/3 qismi alyuminiydan va alyuminiy qotishmalardan yasaladi.Shuning uchun alyuminiyni ”qanotli metal” ham deyiladi. Alyuminiydan kabellar , simlar tayyorlanadi.Alyuminiy korroziyaga uchramasligi sababli undan mashinasozlikda turli detallar , nitrat kislota tashiladigan idishlar yasaladi. Avtobus , trolleybus va vagonlarning korpuslari alyuminiydan yasaladi. Alyuminiydan oziq-ovqat sanoatida turli xil idishlar va choynaklar tayyorlashda ishlatiladi.
Alyuminiy va uning qotishmalari harbiy sohada tanksozlikda, artilleriyada, portlovchi moddalar , yorituvchi va yondiruvchi snaryadlar tayyorlashda ham ishlatiladi.
Temir buyumlarni korroziyada saqlash uchun ularning sirti alyuminiy kukunidan tayyorlangan kumushsimon bo’yoq bilan qoplanadi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, aluminiy sulfat oqish kulrang tusdagi tuz hisoblanib,aluminiyga sulfat kislota ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi.Muhim tuzlardan biri hisoblanib,achchiqtoshlar nomi bilan yuritiladi.Aluminiy sulfat suvni tozalashda,qog’oz ishlab chiqarishda, o’g’it sifatida ishlatiladi.Achchiqtoshlarning sanoatda, qandolatchilikda, tibbiyotda ahamiyati katta.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar

1) Q.Ahmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov, Umumiy va anorganik kimyo . Toshkent “O’zbekiston”. 2003 y.


2) N.A.Parpiyev, H.R.Raximov, A.G.Muftaxov.Anorganik kimyo asoslari. Toshkent “O’zbekiston” 2000 y.
3)YU.T.T.Toshpo’latov, Sh.YE.Ishoqov. Anorganik kimyo .Toshkent “O’qituvchi” 1992 y.
4) I.A.Tashev, R.R.Ro’ziyev, I.I.Ismoilov Anorganik kimyo Toshkent “O’qituvchi” 2004 y.
5)X.To’xtayev, R.Aristonbekov, K.Cho’lponov
Anorganik kimyo Noshir –“Toshkent”-2011
6)Yosh ximik Ensiklopedik lug’ati.
Qo’shimcha adabiyotlar
7)Р.А.Лидин В.А.Молочко,Л.Л.Андреева
Химические свойства неорганических веществ.
8)Б.В.Неквасов Основы общей химии Москва –химия-1987
9) Internet ma’lumotlar.Ziyonet.uz, kimyo.uz,
Chemexpress.uz, Arxiv.uz
Yüklə 64,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin