kiritish kabi amallarni bajarish mumkin. Kompyuter grafik dasturlari – bu, avvalo,
keng tarqalib borayotgan dastur ta`minotidir, ya`ni kompyuter grafikasi mavjud va
yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. Kompyuter grafikasidan reklamada,
multiplikasion filmlarni yaratishda va Web sahifalarni yaratishda foydalaniladi.
Bunday dasturlarga AdobePhotoshop turli versiyalari, Corel Xara, Xara X, Corel
Draw turli versiyalari, Adobe Illustrator, Maya Unlimited, Matcad, 3D MAX,
Diskreet 3DS Max, Softimage 3D, BioVirtual 3DmeNow Pro, Animation Master,
Alteros va h.k.z.lar misol bo`la oladi.
Video – audio dasturlar
Hozirgi vaqtda ko`pgina ishlab chiqarishlardan tarqaluvchi ma`lumotlar
asosan multimediyali ma`lumotlarga asoslangan. Masalan video kliplar,
reklamalar, taqdimotlar, kino industriya mahsulotlari, axborot tizimida, san`atda,
ta`lim sohasida uchratishimiz mumkin. Video montajlar va audio ma`lumotlarni
qayta ishlashlar maxsus dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. Bularga
misol qilib Adobe Premiere 6.5 dasturini olsak, u DV-video maxsulotlarini
taxrirlashda videomontaj tizimida oldingi o`rinlarda. Bu dastur nafaqat videomontaj
ishlarida, hattoki tovushlarni taxrirlashda qo`llaniladigan yuqori sifatli asbobdir.
Adobe Premier Effects 6.0 DVD va Web sahifalardagi video maxsulotlarda
animasiya va maxsus efektlarni yaratishda foydalanadigan paketdir. Ulead
VideoStudio v6.0 raqamli va analog video kameralarda MPEG1/2, AVI, VCD va
DVD sistemalarida yozilgan videolarni montaj qiladi. Bunday misollarni ko`plab
keltirish mumkin. Tovushlarni eshitish va ularni qayta ishlash maqsadida ko`plab
dasturlardan foydalanish mumkin. Bularga misol tariqasida JET AUDIO, Media
Pleyer, COOL EDIT PRO, WINAMP va h.k.z.lar.