Amaliy dasturlash paketlari. Mathcad dasturi interfeysi. Matematik ifodalar. Grafika



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/27
tarix27.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#56454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
MEg6JPDlMrmPVDyfWYOyhuUezxzWouCOrK3mzZc1

4.5.  Uch o’lchamli grafik qurish 

 

Uch o’lchamli grafik qurish uchun quyidagi proцeduralarni bajarish kerak. 



   1.Ikki o’zgaruvchili funksiya nomini keyin (:=) yuborish operatori va funksiya ifodasini kiritish. 


   2.Grafik qurish kerak bo’lgan joyga kursor qo’yiladi. 

   3.Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan Surface Plot (uch o’lchamli grafik) tugmasi 

bosiladi. Shu joyda uch o’lchamli grafik shabloni paydo bo’ladi. 

   4.Shablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi, masalan, 5.6-rasm 

chap tomon.  

Ikki  o’zgaruvchili  funksiya  bo’yicha  grafik  sirtini  qurishni  tez  qilish  maqsadida  boshqa 

usul ham mavjud va u ayrim hollarda funksiya sirtini tuzishda funksiya massiv sonli qiymatlarini 

ishlatadi, masalan, 5.6-rasm chap tomon. Bunday grafikni qurish uchun quyidagi proцeduralarni 

bajarish kerak. 

   1.Diskret  o’zgaruvchilar  yordamida  ikki  funksiyaning  o’zgaruvchisi  uchun  ham  qiymatlarini 

kiritish. 

   2.Massiv  kiritish.  Uning  elementlari  funksiya  qiymatlari  bo’lib,  ular  berilgan  funksiya 

argumentlari qiymatlaridan tashkil etiladi.      

   3.Kursor qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa shu joyga qo’yiladi. 

   4.Grafik shabloniga funksiya nomini kiritish. 

   5.SHablon  maydonidan  tashqarisida  sichqoncha  bosiladi  va  grafik  quriladi,  masalan  4.6-rasm 

o’ng tomon.  

Grafik formatini qayta o’zgartirish va unga ranglar berish uchun grafik maydonini ikki marta tez-

tez  sichqonchani  ko’rsatib  bosish  va  ochilgan  muloqot  oynasidan  kerakli  o’zgarishlarni  qilish 

kerak. Bu o’zgartirishlar muloqot oynasi 4.6-rasmda berilgan.  

Bunda: 

•  Surface Plot        – grafik sirti; 

•  Contour Plot       – grafik chizig’i darajasi; 

•  Data Points         – grafikda faqat hisob nuqtalarini tasvirlash; 

•  Vector Field Plot – vektor maydoni grafigi; 

•  Bar Plot               – uch o’lchovli grafik gistogrammasi; 

•  Patch plot       – hisob qiymatlari maydoni.  

Bulardan tashqari yana bir qancha boshqarish elementlari mavjud. Ular grafikni formatlashda keng 

imkoniyatni  beradi.  Masalan,  grafik  masshtabini  o’zgartirish,  grafikni  aylantirish,  grafikga 

animatsiya berish va boshqa. 4.7-rasmda uch o’lchamli grafikni formatlash oynasi berilgan. 

 



 


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin