5. Pastki kiritish joyiga ikkinchi uchastka uchun egilish momenti kiritiladi va bo’shliq tugmasi
yordamida u ajratiladi.
6. Dasturlash panelidan Otherwise tugmasi bosiladi va shart yoziladi, masalan, x>L1.
Mantiqiy (Bool) operatorlarini ishlatishda berilgan qo’shiluvchi ifodalar mos mantiqiy
operatorga ko’paytiriladi. Mantiqiy operatorlar bool operatorlar panelidan kiritiladi (Boolean
Toolbar tugmasidan). Bool operatorlari faqat 1 yoki 0 qiymat qaytaradi. Agar shart to’g’ri bo’lsa,
u holda operator qiymati 1, aks holdla 0 bo’ladi. Mantiqiy (Bool) operatorlarini ishlatishga misol.