MathCAD dasturida pog’onali va uzlukli funksiyalar, matritsalar
4.6. Pag’onali va uzlukli funksiyalar ifodalarida shartlarni ishlatish
Funksiyalarni hisoblashda hamma vaqt ham u uzluksiz bo’lavermaydi. Ayrim hollarda
uzulishga ega bo’ladigan va pag’onali (ступенчатый) funksiyalarni ham hisoblash kerak bo’ladi.
Bunday hollar uchun Mathcad shartlarni kiritish uchun uch хil usulni ishlatadi:
• if funksiya sharti yordamida;
• Dasturlash panelida berilgan if operatori yordamida;
• mantiqiy (Bool) operatorlarni ishlatgan holda.
Misol tariqasida balkaning egilishida uning siljishini aniqlash masalasini Mora integrali
yordamida hisoblashni qaraymiz.
Balka egilish paytida har хil M1(x) va M2(x) funksiyalar bilan ifodalanuvchi ikki
bo’limdan iborat.
if funksiya shartini ishlatishning proцedurasi quyida berilgan:
1. Funksiya nomini va (:=) yuborish operatorini yozish.
2. Standart vositalar panelida Insert Function (Funksiyani qo’yish) tugmasini bosish va qurilgan
funksiyalar ro’yхati muloqot oynasidan if funksiyani tanlash, undan keyin Insert (Qo’yish)
tugmasini bosish kerak. if funksiyasi shabloni uch kiritish joyida paydo bo’ladi
3. Kiritish joyi to’ldiriladi.
if funksiyasiga murojaat quyidagicha bo’ladi:
if (cond,x,y),
bu erda
cond – shart (masalan, x>L1),
x va
y funksiyaga qaytariladigan qiymatlar.
Agar shart bajarilsa, u holda qiymat x ga aks holda y ga yuboriladi.
Dasturlash paneli yordamida shartli operatorni kiritish uchun quyidagi prosedurani bajarish
kerak bo’ladi:
1. Funksiya nomini va (:=) yuborish operatorini yozish.
2. Matematika vositalar panelidan Programming (Dasturlash) panelini ochib, u erdan
Programming Toolbar (Dasturlash paneli) tugmasi va keyin Add Program Line (Dastur qatorini
kiritish) tugmasi bosiladi.
3.YUqoridagi kiritish joyiga (qora to’rtburchakli) birinchi uchastkadagi egilish momenti uchun
ifoda yoziladi.