Amaliy fanlar yo’nalishi metodbirlashmasining 2022-2023- o‘quv yilida o’tkazilgan umumiy yig’ilish bayoni №3 28 dekabr 2022 yil. Jizzax shahar



Yüklə 17,56 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü17,56 Kb.
#94405
AMALIY FANLAR YO


AMALIY FANLAR YO’NALISHI METODBIRLASHMASINING
2022-2023- O‘QUV YILIDA O’TKAZILGAN UMUMIY YIG’ILISH
BAYONI
3
28 dekabr 2022 yil. Jizzax shahar

Yig’ilish raisi: G.Payziyeva- Amaliy fanlar metod


birlashmasi rahbari
Yig’ilish kotibi: D.Mirzabekova-Boshlang’ich sinf o’qituvchisi.

Qatnashdilar: 11 nafar barcha Amaliy fanlar metod birlashmasi a’zolari.




KO’RILADIGAN MASALALAR:



  1. Maktabda metodik xizmatni ommalashtirish to’g’risida;



Eshitildi:

Kun tartibidagi masala yuzasidan so’zga maktab - Amaliy fanlar metod birlashmasi rahbari G.Payziyeva chiqib O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug’idagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibi va undagi boblar haqida metodbirlashma a’zolariga tushinchalar berib O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug’ini o’qib eshittirdi. Mazkur buyruqda 5-ta ilovaning mavjudligi hamda yangi kiritilgan o’zgartirishlar to’g’risida to’xtalib o’tdi.


G.Payziyeva so’zida davom etar ekan Maktabda metodik xizmatni ommalashtirish to’g’risida ham tushinchalar berib o’tdi. Har bir o’qituvchilarni ommalashtirish bo’yicha o’z ustida tinimsiz ishlashlari va bu borada ijobiy natijalarga erishish lozimligi haqida barcha ustozlarga sharoit yaratib berish bo’yicha takliflar kiritib o’tdi.
Muzokara uchun so’zga chiqqan Amaliy fanlar metod birlashma Sultonova Xursanoy, Qo`ldosheva Ra`no, Jabborova Muattar, Baydullayev Akbar va YUsupova Nodiralar ushbu taklifni ma’qullab ma’lumot hamda amalda qo’llash zarurligini aytib o’tishdi.
Yuqoridagilarga asosan Amaliy fanlar metod birlashmasi umumiy yig’ilishi


QAROR QILADI



  1. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug’idagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibi haqidagi yangi buyrug’i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Maktabda metodik xizmatni ommalashtirish bo’yicha har bir o’qituvchilarni o’z ustida tinimsiz ishlashlari va bu borada ijobiy natijalarga erishish lozimligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

  3. Maktabda metodik xizmatni ommalashtirish bo’yicha qilingan ishlarni nazorot qilish Amaliy fanlar metod birlashmasi rahbari G.Payziyevaga yuklatilsin.

Yig’ilish raisi: G.Payziyeva


Yig’ilish kotibi: D.Mirzabekova
Yüklə 17,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin