IV. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
• o‘rganilayotgan asosiy chet tilini Umumevropa standartlariga ko‘ra C1 darajada o‘zlashtirishi;
• o‘rganilayotgan chet tilining fonetik va grammatik qonuniyatlarini bilish va qo‘llay olish ko‘nikmalarini egallashlari;
• o‘rganilayotgan chet tilida og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini egallashi;
• tushunish va muhokama qilish uchun bosqichma-bosqich turli til materiallari bilan ishlash usullari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; • o‘z fikr va mulohazalarini lingvistik kurs modullari va ularning mavzularidan kelib chiqqan holda mantiqiy bayon etishi;
• chet tilidagi og‘zaki va yozma shakldagi ma’lumotlarni tushunish maqsadida turli strategiyalarni bilishi va ulardan foydalana olishi; • chet tilining fonetik va grammatik strukturalariga oid bazaviy va kommunikativ jarayonda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan til birliklari va qonuniyatlarini bilishi va ularni nutq jarayonida qo‘llay olishi;
• chet tilida chop etilgan turli matbuot materiallari va axborot beruvchi boshqa vositalardan olingan autentik til materiallarini tushuna olish va ularni tahlil qilish;
• o‘rganilayotgan chet tilida o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozish;
• bitiruv malakaviy ishini yozish, ilmiy ishni olib borish bosqichlari, yozish uslublarini to‘g‘ri qo‘llash va ilmiy matnni tahrirlash borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. V. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
interfaol keys-stadilar;
amaliy mashg‘ulotlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
VI. Kreditlarni olish uchun talablar: Talabalardan til kompetensiyalariga va modullar mazmunini aks ettiruvchi asosiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, ya’ni chet tilida og‘zaki nutqni tushunish, o‘z fikrini chet tilida bayon qilish,o‘qish va yozish mahoratini namoyon qilish, chet tilining fonetik va grammatik qonuniyatlarini, tili o‘rganilayotgan va chet tilida so‘zlashuvchi xalqlarning madaniyatini anglash hamda chet tilida chop etilgan turli matbuot manbaalaridagi autentik materiallarni tushuna olish talab qilinadi. Fan doirasida talabalar Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (CEFR) ga ko‘ra kurslar kesimida A2 – C1darajaga mos keladigan til materiallarini tushunish, mazmunini tahlil qilish, mavzularga oid turli matn turlarini o‘qib, tinglab mazmunini tushunishlari va o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ifoda eta olishlari shart.
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari Talabalar bilimini baholash mezoni 5 (a’lo) talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, aytib beradi, fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda.
4+ juda yaxshi talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi, fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topiladi.
4 (Yaxshi) talaba ayrim kamchiliklar bilan mustaqil mushohada yuritadi olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzusini) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi, fan bo’yicha tasavvurga ega deb topiladi.
3+ (qoniqarli) talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzusini) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi, fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda.
3 (yetarli) talaba olgan bilimini amalda kamchiliklar bilan qo’llay oladi, fanning (mavzusining) mohiyatini tushunadi, ifodalay oladi
Aytib beradi, fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda