Amaliy hisoboti



Yüklə 64,01 Kb.
səhifə9/16
tarix04.06.2023
ölçüsü64,01 Kb.
#124849
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
amaliyhisobot

Sug’urtalanuvchi – sug’urtalovchi bilan aniq sug’urta munosabati o’rnatgan va tegishli sug’urta mukofotlarini to’lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Sug’urta vositachilari – sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasida vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo’yicha vositachi sug’urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko’rsatgan xizmatlari uchun vositachi tegishli vositachilik haqini oladi.
Risk- bitta kutilayotgan hodisa bo’yicha xavfning yuzaga kelishi. Risk tushunchasi ko’rinishlarining xilma-xilligi, uni sodir bo’lishi natijasida yuzaga kelgan oqibatlarning og’irligi, riskni ro’y berishi sababli paydo bo’lgan zararlarni mutloq tugatishni imkoniyati bo’lmaganligi sug’urta ishini tashkil etish uchun asos yaratdi. Shunday qilib, risk sug’urtaviy huquqiy munosabatlarni shakllantirish uchun shart-sharoit yaratadi. Risk-riskli holatlarning yagonalik va o’zaro aloqadorlik yig’indisidir.
Sug’urta fanida risk tushunchasiga turlicha tariflar berilgan. Jumladan, risk-bu konkret hodisa yoki hodisalar yig’indisi bo’lib, ular sodir bo’lgan taqdirda sug’urta kompaniyasi qoplamalar to’laydi. Risk sug’urta ob’ekti bilan to’g’ridan to’g’ri bog’langan. Ob’ektga risk salbiy ta’sir ko’rsatib, uni shikastlashi yoxud nobud qilishi mumkin. Shu tufayli risk - bu yagona tasodifiy hodisa bo’lib, uning ro’y berishi inson ongiga yoki irodasiga bog’liq emas. Sug’urta risklarining ro’yxati sug’urtalovchining sug’urta javobgarligi hajmini tashkil etadi.
Risk bahosining puldagi ifodasi sug’urta tarif stavkasini tashkil etadi; sug’urta ob’ekti; sug’urta javobgarligining turi.
Tibbiy sug’urta- aholi sog’ligini himoya qilish vositalaridan biri. Sug’urta hodisasi ro’y berishi munosabati bilan, sug’urta polisi orqali bepul tibbiy xizmat ko’rsatilishi. Tibbiy xizmat ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlarni sug’urta kompaniyasi to’laydi. Tibbiy sug’urta majburiy yoki ixtiyoriy bo’ladi.
Mulkiy sug’urta - turli ko’rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan bog’liq manfaatlar sug’urta munosabatlarining ob’ekti hisoblangan, sug’urtaning mustaqil tarmog’i. Sug’urtalanuvchining shaxsiy mulki, uning qaramog’ida joylashgan mol-mulklar sug’urtalanishi mumkin. Sug’urtalanuvchi sifatida, nafaqat mol-mulkning sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun mas’uliyatli bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslar ham bo’lishi mumkin.
Netto-stavka - brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-stavka sug’urta qoplamasini to’lashga mo’ljallangan pul mablag’lari resurslari bo’lib, u brutto-stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etishi mumkin.

Yüklə 64,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin