Amaliy ish №1 Mavzu: Kiritish va chiqarish funksiyalari. Algoritm va uning turlari. Ishdan maqsad



Yüklə 211,36 Kb.
səhifə5/6
tarix04.11.2022
ölçüsü211,36 Kb.
#67455
1   2   3   4   5   6
Dasturlash. 1-Amaliy ish

Takrorlanuvchi algoritmlar .Agar biror masalani yechish uchun tuzilgan zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining ma’lum bir qismi biror parametrga bog‘liq ko‘p marta qayta bajarilsa, bunday algoritm takrorlanuvchi algoritm yoki siklik algoritmlar deyiladi. Takrorlanuvchi algoritmlarga tipik misol sifatida odatda qatorlarning yig‘indisi yoki ko‘paytmasini hisoblash jarayonlarini qarash mumkin. Quyidagi yig‘indini hisoblash algoritmini tuzaylik.

Bu yig‘indini hisoblash uchun i=0 da S=0 deb olamiz va i=i+1 da S=S+i ni hisoblaymiz. Bu yerda birinchi va ikkinchi qadamlar uchun yig‘indi hisoblandi va keyingi qadamda i parametr yana bittaga orttiriladi va navbatdagi raqam avvalgi yig‘indi S ning ustiga qo‘shiladi va bu jarayon shu tartibda to i ≤ N sharti bajarilmaguncha davom ettiriladi va natijada izlangan yig‘indiga ega bo‘lamiz. Bu
fikrlarni quyidagi algoritm sifatida ifodalash mumkin:



6-rasm. 1 dan n gacha bo‘lgan sonlar yig‘indisini hisoblash algoritmi


N – berilgan bo‘lsin,
i=0 berilsin,
S=0 berilsin,
i=i+1 hisoblansin,
S=S+i hisoblansin,
i≤N tekshirilsin va bu shart bajarilsa,
4-satrga qaytilsin, aks holda keyingi qatorga o‘tilsin,
S ning qiymati chop etilsin.

Yuqorida keltirilgan algoritm va blok sxemadan ko‘rinib turibdiki amallar ketma-ketligining ma’lum qismi parametr i ga nisbatan N marta takrorlanayapti.


Yuqorida ko‘rilgan yig‘indi blok sxemalaridagi takrorlanuvchi qismlariga (aylana ichiga olingan) quyidagi sharti keyin berilgan siklik struktura mos kelishini ko‘rish mumkin. Yuqoridagi blok sxemalarda shartni oldin tekshiriladigan holatda chizish mumkin edi. Masalan, yig‘indining algoritmini qaraylik. Bu blok sxemaning takrorlanuvchi qismiga quyidagi, sharti oldin berilgan siklik strukturaning mos kelishini ko‘rish mumkin.

7-rasm. 1 dan n gacha bo‘lgan sonlar
yig‘indisini hisoblash algoritmi
Blok sxemalarining takrorlanuvchi qismlarini, quyidagi parametrli takrorlash strukturasi ko‘rinishida ham ifodalash mumkin.




Yüklə 211,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin