Amaliy ish №1 Mavzu: Kiritish va chiqarish funksiyalari. Algoritm va uning turlari. Ishdan maqsad



Yüklə 211,36 Kb.
səhifə3/6
tarix04.11.2022
ölçüsü211,36 Kb.
#67455
1   2   3   4   5   6
Dasturlash. 1-Amaliy ish

Algoritmning tasvirlash usullari .Yuqorida ko‘rilgan misollarda odatda biz masalani yechish algoritmini so‘zlar va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko‘rinishlarda ham berilishi mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishamiz.
1.Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko‘rsatma jumlalar, so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi.
2. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulni ba’zan analitik ifodalash deyiladi.
3. Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar maxsus geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko‘rinishi blok-sxema deyiladi.
Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy sodda geometrik figuralar quyidagilardan iborat:


Nomi

Belgilanishi

Bajaradigan vazifasi

Jarayon




Bir yoki bir nechta amallarni bajarilishi natijasida ma’lumotlarning o’zgarishi

Qaror




Biror shartga bog’liq ravishda algoritmning bajarilish yo’nalishini tanlash

Takrorlanish




Dasturni o‘zgartiruvchi buyruq yoki buyruqlar turkumini o‘zgartirish amalini bajarish

Avval
aniqlangan
jarayon




Oldindan ishlab chiqilgan dastur yoki algoritmdan foydalanish

Kiritish
Chiqarish




Axborotlarni qayta ishlash mumkin bo’lgan shaklga o’tkazish yoki olingan natijani tasvirlash

Displey




EХM ga ulangan displeydan axborotlarni kiritish yoki chiqarish

Hujjat




Axborotlarni qog‘ozga chiqarish yoki qog‘ozdan kiritish

Axborotlar oqimi chizig`i




Bloklar orasidagi bog’lanishlarni tasvirlash

Bog‘lagich




Uzilib qolgan axborot oqimlarini ulash belgisi

Boshlash
Tugatish




Axborotni qayta ishlashni boshlash, vaqtincha yoki butunlay to`xtatish

Izoh




Bloklarga tegishli turli xildagi tushuntirishlar

Blok-sxemalar bilan ishlashni yaxshilab o‘zlashtirib olish zarur, chunki bu usul algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo‘lib programma tuzishni osonlashtiradi, programmalash qobiliyatini mustahkamlaydi. Algoritmik tillarda blok - sxemaning asosiy strukturalariga maxsus operatorlar mos keladi.
Shuni aytish kerakki, blok-sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan katta farq qilmaydi. Misol sifatida ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamani yechish algoritmining blok-sxemasi quyida keltirilgan.


1-rasm. Kvadrat tenglamani yechish algoritmi

Yüklə 211,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin