Amaliy ishi Mavzu : Biznes jarayonlarini boshqarishda Marketing- miksni ahamiyati. Bajardi: Boltayev Diyorbek


Kategoriya Taʼrifi/Tushinchasi



Yüklə 28,98 Kb.
səhifə2/3
tarix19.05.2023
ölçüsü28,98 Kb.
#118099
1   2   3
Boltayev Diyorbek Biznes Jarayon

Kategoriya

Taʼrifi/Tushinchasi

Odatiy marketingga oid qarorlar

Product (Mahsulot)

Mahsulot deb mijozning ehtiyojlari yoki istaklarini qondiruvchi narsaga aytiladi.
Mahsulot jismiy (ushlab koʻrsa boʻladigan barcha narsalar) yoki ushlab koʻrib boʻlmaydigan (xizmat koʻrsatish, gʻoya yoki tajriba ulashish kabilar) ga ajralishi mumkin.

  • Mahsulot dizayni — alohida jixatlari, sifati

  • Mahsulot xilma-xilligi — mahsulot assortimenti boyligi, mahsulotlar miksi, mahsulot tarmogʻi

  • Branding

  • Qadoqlash va belgilash/markalash

  • Xizmat koʻrsatish turlari (qoʻshimcha xizmat, sotuvdan keyingi xizmat, xizmat bosqichi)

  • Mahsulot va/yoki xizmat uchun kafolat taqdim etish

  • Mahsulotni qaytib olish mumkinligi

  • Mahsulotning hayot sikliga koʻra boshqarish

Price (Narx

Narx mijozning mahsulot evaziga tolaydigan miqdori
Narx, shuningdek, mijozning mahsulotga erishish uchun sarflaydigan vaqti, kuchi, eʼtibori va h.k larni ham anglatadi
Narx savdo aylanmasidan tushadigan daromadga taʼsir qiluvchi omil
Narx Marketing miksdagi kompaniya foydasidan soʻzlovchi yagona qism
Narx, yana, mijozning qabul qilgan qiymatini oʻz ichiga oladi.

  • Narx strategiyasi

  • Narxlash taktikasi

  • Narxlash

  • Narxni tushirish — distribyutorlarga yengilliklar

  • Chegirmalar — mijozlar uchun

  • Toʻlov qulayliklari — kredit, toʻlov usullari

Place (Joylashuv)

Joylashuv mijozlarning mahsulotga yetisha olishini anglatadi
Joylashuv mijozlarga qulaylik yaratish mumkin boʻlgan makondir

  • Intensiv distribyutsiya (tarqatish) stretegiyasi, eksklusiv distribyutsiya;

  • Franshayzing;

  • Bozorni qamrab olish;

  • Mijozga yetib borish tarmoqlarini toʻgʻri tanlash va tarmoqlar oʻrtasida aloqa oʻrnatish;

  • Xilma-xillik;

  • Joylashuv qarorlari;

  • Omborxona;

  • Transport, saqlash ombori va logistika;

Promotion (Targʻibot)

Targʻibot marketing kommunikatsiyalari (aloqa vositalari)ni anglatadi.
Targʻibot oʻz ichiga: reklama, PR (PiAr), toʻgʻridan toʻgʻri marketing va sotuv targʻibotini olishi mumkin.

  • Targʻibot miksi — reklamaning mos keluvchi hisobi, PR, toʻgʻridan-toʻgʻri marketing va sotuv targʻiboti;

  • Xabar qilish strategiyasi — nimani xabar qilish kerak kerakligiga muvofiq

  • Vosita/ media strategiyasi — maqsadli auditoriyaga eltuvchi vositani toʻgʻri tanlash

  • Xabar qilish chastotasi — qancha koʻp xabar qilish kerak?, qancha vaqtda necha marta xabar qilish kerak?



Yüklə 28,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin