2-§. O’zgaruvchilar va funksiyalar
Funksiyalarni hisoblashda hamma vaqt ham u uzluksiz bo’lavermaydi. Ayrim
hollarda uzulishga ega bo’ladigan va pag’onali (stupenchatiy) funksiyalarni ham
hisoblash kerak bo’ladi. Bunday hollar uchun MATHCAD shartlarni kiritish uchun
uch xil usulni ishlatadi:
•
if funksiya sharti yordamida;
•
Programming (dasturlash) panelida berilgan if operatori yordamida;
•
mantiqiy (bul) operatorlarni ishlatgan holda.
Misol tariqasida balkaning egilishida uning siljishini aniqlash masalasini Mora
integrali yordamida hisoblashni qaraymiz (1.9-rasm).
Balka egilish paytida har xil M1(x) va M2(x) funksiyalar bilan ifodalanuvchi ikki
bo’limdan iborat.
if funksiya shartini ishlatishning protsedurasi quyida berilgan:
1.Funksiya nomini va (:=) yuborish operatorini yozish.
2.Standart vositalar panelida Insert Function (Funksiyani qo’yish) tugmasini
bosish va qurilgan funksiyalar ro’yxati muloqot oynasidan if funksiyani tanlash, undan
keyin Insert (Qo’yish) tugmasini bosish kerak. if funksiyasi shabloni uch kiritish
joyida paydo bo’ladi
3.Kiritish joyi to’ldiriladi.
if funksiyasiga murojaat quyidagicha bo’ladi:
if (cond,x,y),
bu yerda cond – shart (masalan, x>L1),
x va y funksiyaga qaytariladigan qiymatlar.
Agar shart bajarilsa, u holda qiymat x ga aks holda y ga yuboriladi.
1.9.rasm. Uzlukli funksiyalarni hisoblashda shartlarni ishlatish.
Programming (Dasturlash) paneli yordamida shartli operatorni kiritish uchun
quyidagi protsedurani bajarish kerak bo’ladi:
1.Funksiya nomini va (:=) yuborish operatorini yozish.
2.Matematika vositalar panelidan Programming (Dasturlash) panelini ochib, u
yerdan Programming Toolbar (Dasturlash paneli) tugmasi va keyin Add Program Line
(Dastur qatorini kiritish) tugmasi bosiladi.
3.YUqoridagi kiritish joyiga (qora to’rtburchakli) birinchi uchastkadagi egilish
momenti uchun ifoda yoziladi.
4.Dasturlash panelidan If tugmasi (if operatori) bosiladi. Natijada kiritish joyi,
qayerga shartni yozish kerak bo’lgan joy paydo bo’ladi, masalan x
5.Pastki kiritish joyiga ikkinchi uchastka uchun egilish momenti kiritiladi va
bo’shliq tugmasi yordamida u ajratiladi.
6.Dasturlash panelidan Otherwise tugmasi bosiladi va shart yoziladi, masalan,
x>L1.[11,13]
Dostları ilə paylaş: |