if shartli operatori.
if shartli operatori ikki bosqichda ta’sir etadi. Birinchi if opreatoridan o’ngda
yozilgan shart tekshiriladi. Agar u rost bo’lsa, undan chapdagi ifoda bajariladi, aks
holda dasturning keyingi qatoriga o’tiladi.
Dasturda if shartli operatorini qo’yish uchun quyida keltirilgan protseduralarni
bajaring.
1.Tuziladigan dasturda shartli operator kiritiladigan joyga kursor qo’yiladi.
2.Dasturlash panelidan if operatori tugmasi bosiladi. Dasturda ikkita kiritishga
ega operator shablani paydo bo’ladi.
3.O’ng kiritish joyiga shart kiritiladi. Bunda mantiqiy operatorlardan foydalanish
mumkin. Buning uchun (Boolean) mantiqiy operatorlar panelidan foydalanish
birmuncha qulayliklarni beradi.
4.if operatori chap tamoniga shart rost bo’lganda bajariladigan ifoda kiritiladi.
Agar shartning bajarilishida bir necha ifodalar bajariladitgan bo’lsa, u holda bir
necha kiritish joylariga ega bo’lish kerak. Buning uchun kursorni if operatorining chap
tamondagi kiritish joyiga qo’yib, keyin dasturlash panelidagi Add Program Line
(Dastur qatoriga qo’shish) tugmachasini necha qator kiritish kerak bo’lsa shuncha
bosish kerak bo’ladi. Bunda shunga e’tibor berish kerakki, shartli operator ko’rinishi
o’zgaradi. YAngi vertikal chiziq kiritish joyi bilan chap tamonda emas, pastda va if
operatordan o’ngda paydo bo’ladi. Agar shart yolg’on bo’lsa, o’tish dasturning keyingi
qatoriga bo’ladi.
MATHCADda shartni yozishning uchta usuli bor:
•
dasturlashning if shartli operatori yordamida;
•
bul operatorlari yordamida;
•
if funksiyasi yordamida.
Quyidagi rasmda shartni yozishning uchta usuli ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |