Uch o’lchamli grafik qurish. Uch o’lchamli grafik qurish uchun quyidagi
protseduralarni bajarish kerak.
1.Ikki o’zgaruvchili funksiya nomini keyin (:=) yuborish operatori va funksiya
ifodasini kiritish.
2.Grafik qurish kerak bo’lgan joyga kursor qo’yiladi.
3.Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan Surface Plot (uch o’lchamli
grafik) tugmasi bosiladi. SHu joyda uch o’lchamli grafik shabloni paydo bo’ladi.
4.SHablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi,
masalan, 2.2.-rasm chap tomon.
Ikki o’zgaruvchili funksiya bo’yicha grafik sirtini qurishni tez qilish maqsadida
boshqa usul ham mavjud va u ayrim hollarda funksiya sirtini tuzishda funksiya massiv
sonli qiymatlarini ishlatadi. Bunday grafikni qurish uchun quyidagi protseduralarni
bajarish kerak.
1.Diskret o’zgaruvchilar yordamida ikki funksiyaning o’zgaruvchisi uchun ham
qiymatlarini kiritish.
2.Massiv kiritish. Uning elementlari funksiya qiymatlari bo’lib, ular berilgan
funksiya argumentlari qiymatlaridan tashkil etiladi.
3.Kursor qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa shu joyga qo’yiladi.
4.Grafik shabloniga funksiya nomini kiritish.
5.SHablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi.
Grafik formatini qayta o’zgartirish va unga ranglar berish uchun grafik maydonini
ikki marta tez-tez sichqonchani ko’rsatib bosish va ochilgan muloqot oynasidan
kerakli o’zgarishlarni qilish kerak. Bu o’zgartirishlar muloqot oynasi 2.2-rasmda
berilgan.
2.2.rasm. Ikki o’zgaruvchili funksiya grafigini qurish.
Bunda:
•
Surface Plot – grafik sirti;
•
Contour Plot – grafik chizig’i darajasi;
•
Data Points – grafikda faqat hisob nuqtalarini tasvirlash;
•
Vector Field Plot – vektor maydoni grafigi;
•
Bar Plot – uch o’lchovli grafik gistogrammasi;
•
Patch plot – hisob qiymatlari maydoni.
Bulardan tashqari yana bir qancha boshqarish elementlari mavjud. Ular grafikni
formatlashda keng imkoniyatni beradi. Masalan, grafik masshtabini o’zgartirish,
grafikni aylantirish, grafikga animatsiya berish va boshqa. 2.3-rasmda uch o’lchamli
grafikni formatlash oynasi berilgan.
Grafikni boshqarishning boshqa usullari quyidagilar:
•
Grafikni aylantirish uni ko’rsatib sichqoncha o’ng tugmasini bosish bilan
amalga oshiriladi.
•
Grafikni masshtablashtirish Ctrl tugmasini bosib sichqoncha orqali bajariladi.
•
Grafikga animatsiya berish Shift tugmasini bosish bilan sichqoncha orqali
amalga oshiriladi.
2.3.rasm. Grafikni formatlash oynasi.
Dostları ilə paylaş: |