2.1. Funksiya grafiklari bilan ishlash
Ikki o’lchamli grafik qurish. Ikki o’lchamli funksiya grafigini qurish uchun
quyidagi protseduralarni bajarish kerak.
1.Qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa, shu joyga krestli kursor qo’yiladi.
2.Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan x-y Plot (Ikki o’lchovli grafik)
tugmasi bosiladi.
3.Hosil bo’lgan ikki o’lchamli grafik shabloniga abssiss o’qi argumenti nomi,
ordinata o’qiga funksiya nomi kiritiladi.
4.Argumentning berilgan o’zgarish diapazonida grafikni qurish uchun grafik
shabloni tashqarisi sichqonchada bosiladi. Agar argumentning diapazon qiymati
berilmasa, u holda avtomatik holda argument diapazon qiymati 10 dan 10 gacha
bo’ladi va shu diapazonda grafik quriladi (Masalan, rasm 2.1).
Grafik formatini qayta o’zgartirish uchun grafik maydonini ikki marta tez-tez
sichqonchani ko’rsatib bosish va ochilgan muloqot oynasidan kerakli o’zgarishlarni
qilish kerak.
Agar bir necha funksiyalar grafigini qurish kerak bo’lsa va ular argumentlari har
xil bo’lsa, u holda grafikda funksiyalar va argumentlar nomlari ketma-ket vergul
qo’yilib kiritiladi. Bunda birinchi grafik birinchi argument bo’yicha birinchi funksiya
grafigini va ikkinchisi esa mos ravishda ikkinchi argument bo’yicha ikkinchi funksiya
grafigini tasvirlaydi va hakozo.
2.1.rasm. Funksiya grafigini qurish.
Quyida grafik formati muloqot oynasi qo’yilmalarini beramiz:
1.
X-Y Axes – koordinata o’qini formatlash. Koordinata o’qiga setka, sonli
qiymatlarni grafikga belgilarni qo’yish va quyidagilarni o’rnatish mumkin:
•
LogScale – logarifmik masshtabda o’qga sonli qiymatlarni tasvirlash;
•
Grid Lines – chiziqqa setkalar qo’yish;
•
Numbered – koordinata o’qi bo’yicha sonlarni qo’yish;
•
Auto Scale – son qiymatlar chegarasini o’qda avtomatik tanlash;
•
Show Markers – grafikka belgi kiritish;
•
avtomatik tanlash.Autogrid – chiziq setkasi sonini
2.
Trace – funksiya grafiklarini formatlash. Har bir funksiya grafigini
alohida o’zgartish mumkin:
•
chiziq ko’rinishi (Solid – uzliksiz, Dot – punktir, Dash – shtrixli, Dadot –
shtrixli punktir);
•
chiziq rangi (Color);
•
grafik tipi (Type) (Lines – chiziq, Points – nuqtali, Bar yoki SolidBar – ustunli,
Step – pog’onali grafik va boshqa);
•
chiziq qalinligi (Weight);
•
simvol (Symbol) - grafikda hisoblangan qiymatlar uchun (aylana, krestik, to’g’ri
burchak, romb).
3.
Label – grafik maydoni sarlovhasi. Title (Sarlovha) maydoniga sarlovha
matni kiritiladi.
4.
Defaults – bu qo’yilma yordamida grafik ko’rinishga qaytish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |