dastursiz yechish imkoninii beradi. Lekin shunday sinf masalalari borki ularni
dastursiz yechib bo’lmaydi. MATHCAD har qanday murakkab dasturni kiritish
imkonini beradi. MATHCADda dasturlash juda aniq va tushunarli, unda dastur bir
necha ketma-ket formulalarni ifodalaydi. Dasturlashning asosiy operatorlari
3.
Dasturlash panelidan Add Program Line (Dastur qatorini qo’shish)
tugmasini bosish.
1.5-rasm. Oddiy chiziqli dasturlar tuzish.
4.
Paydo bo’lgan kiritish joyiga kerakli operatorlarni kiritish, ortiqcha
kiritish joyini olib tashlash.
Kerakli kiritish qatorini ochish uchun ko’k burchakli kursorni qator oxiriga
keltirib, bo’shlik tugmasini bosgan holda Add Program Line tugmasini bosish kerak.
Agar kiritish qatorini qator oldidan ochish kerak bo’lsa ko’k burchakli kursorni qator
boshiga keltirib, bo’shlik tugmasini bosgan holda Add Program Line tugmasini bosish
kerak bo’ladi (1.5-rasm).
Ayrim hollarda, masalan ikki ichma ich joylashgan sikllar orasigi qator
qo’shishda bu usul qo’l kelmay qoladi. Bu holda boshqa usulni qo’llashga to’g’ri
keladi. Bu usul quyidagicha bajariladi:
1. Sikl ichi qora rangga ajratiladi.
2. Standart vositalar panelidan kesib olish (Cut) tugmasi bosiladi.
3. Add Progrm Line (dasturga qator qo’shish) dasturlash paneli tugmasi bosiladi.
4. Qator kiritish joyiga kursor qo’yilib, standart vositalar panelidan qo’yish
(Paste) tugmasi bosiladi.
5. Paydo bo’lgan kiritish joyi to’ldiriladi.
Bu usul barcha hollarda ham qator kiritishda qulaylikni beradi.
Dostları ilə paylaş: