Amaliy masalalarni yechishda Mathcad. Abdrimov A


I  BOB. MATHCAD DASTURI VA UNING IMKONIYATLARI



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/23
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#49754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
amaliy masalalarni yechishda mathcad dasturidan foydalanish metodikasi

I  BOB. MATHCAD DASTURI VA UNING IMKONIYATLARI 

1-§. MATHCAD dasturi imkoniyatlari va uning interfeysi 

 

Bugungi  kunda  kompyuter  texnologiyalari  barcha  soha  va  kasb-korlarning 

ajralmas  qismiga  aylandi.  Qaysi  sohani  olmaylik  uning  masalalarini  tez  hal  qilish, 

avtomatik  hal  qilish  imkonini  beruvchi  amaliy  dasturlar  paketlari  ishlab  chiqilgan  va 

bu  yagona  emas.  Zamonaviy  kompyuter  matematikasi  matematik  hisoblarni 

avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim 

etadi.  

Bu  tizimlar  ichida  MATHCAD  oddiy,  yetarlicha  qayta  ishlangan  va  tekshirilgan 

matematik  hisoblashlar  tizimidir.  MATHCAD  –  bu  kompyuter  matematikasining 

zamonaviy  sonli  usullarini  qo’llashning  unikal  majmuasidir.  U  o’z  ichiga  yillar 

ichidagi  matematikaning  rivojlanishi  natijasida  yig’ilgan  tajribalar,  qoidalar  va 

matematik hisoblash usullarini olgan. 

MATHCAD  paketi  muhandislik  hisob-kitob  ishlarini  bajarish  uchun  dasturiy 

vosita bo’lib, u professional matematiklar uchun mo’ljallangan. Uning turli versiyalari 

mavjud.  Uning  yordamida  o’zgaruvchi  va  o’zgarmas  parametrli  algebraik  va 

differensial tenglamalarni yechish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini 

izlash,  topilgan  yechimlarni  tahlil  qilish  uchun  jadvallar  va  grafiklar  qurish  mumkin. 

MATHCAD murakkab masalalarni yechish uchun o’z dasturlash tiliga ham ega.  

MATHCAD  dasturining  interfeysi  Windowsning  barcha  dasturlari  intefeysiga 

o’xshash.  MATHCAD  ishga  tushurilgandan  so’ng  uning  oynasida  bosh  menyu  va 

uchta  panel  vositasi  chiqadi:  Standart  (Standart),  Formatting  (Formatlash)  va  Math 

(Matematika).  MATHCAD  ishga  tushganda  avtomatik  ravishda  uning  ishchi  hujjat 

fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart 

(Standart)  vositalar  paneli  bir  necha  fayllar  bilan  ishlash  uchun  buyruqlar  to’plamini 

o’z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha bir 

necha  buyruqlarni  o’z  ichiga  oladi.  Math  (Matematika)  matematik  vositalarini  o’z 

ichiga  olgan  bo’lib,  ular  yordamida  simvollar  va  operatorlarni  hujjat  fayli  oynasiga 



 

 

 



 

joylashtirish  uchun  qo’llaniladi.  Quyidagi  rasmda  MATHCADning  oynasi  va  uning 

matematik panel vositalari ko’rsatilgan (1.1-rasm):  

 

 



 

1.1. rasm. MATHCAD paketi oynasi va uning matematik panel vositalari. 

 

Calculator (Kalkulyator) – asosiy matematik amallar shabloni;  



Graph (Grafik) – grafiklar shabloni;  

Matrix (Massiv) – massiv va massiv amallarini bajarish shabloni;  

Evoluation  (Baholash)  –  qiymatlarni  yuborish  operatori  va  natijalarni  chiqarish 

operatori;  

Calculus (Hisoblash) – differensiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni;  

Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar;  

Programming  (Dasturlashtirish)  –  dastur  tuzish  uchun  kerakli  modullar  yaratish 

opreatorlari;  

Greek  (Grek  alifbosi  harflari)  –  Symbolik  -  belgililar  ustida  ishlash  uchun 

operatorlar.   




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin