Amaliy masalalarni yechishda Mathcad. Abdrimov A


Uch  o’lchamli  grafik  qurish



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/23
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#49754
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
amaliy masalalarni yechishda mathcad dasturidan foydalanish metodikasi

Uch  o’lchamli  grafik  qurish.  Uch  o’lchamli  grafik  qurish  uchun  quyidagi 

protseduralarni bajarish kerak. 

 1.Ikki  o’zgaruvchili  funksiya  nomini  keyin  (:=)  yuborish  operatori  va  funksiya 

ifodasini kiritish. 

 2.Grafik qurish kerak bo’lgan joyga kursor qo’yiladi. 

 3.Matematik  panelining  Graph  (Grafik)  panelidan  Surface  Plot  (uch  o’lchamli 

grafik) tugmasi bosiladi. SHu joyda uch o’lchamli grafik shabloni paydo bo’ladi. 

 4.SHablon  maydonidan  tashqarisida  sichqoncha  bosiladi  va  grafik  quriladi, 

masalan, 2.2.-rasm chap tomon.  

Ikki  o’zgaruvchili  funksiya  bo’yicha  grafik  sirtini  qurishni  tez  qilish  maqsadida 

boshqa usul ham mavjud va u ayrim hollarda funksiya sirtini tuzishda funksiya massiv 

sonli  qiymatlarini  ishlatadi.  Bunday  grafikni  qurish  uchun  quyidagi  protseduralarni 

bajarish kerak. 

 1.Diskret  o’zgaruvchilar  yordamida  ikki  funksiyaning  o’zgaruvchisi  uchun  ham 

qiymatlarini kiritish. 

 2.Massiv  kiritish.  Uning  elementlari  funksiya  qiymatlari  bo’lib,  ular  berilgan 

funksiya argumentlari qiymatlaridan tashkil etiladi.  

 3.Kursor qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa shu joyga qo’yiladi. 

 4.Grafik shabloniga funksiya nomini kiritish. 

 5.SHablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi. 




 

 

 



 

Grafik formatini qayta o’zgartirish va unga ranglar berish uchun grafik maydonini 

ikki  marta  tez-tez  sichqonchani  ko’rsatib  bosish  va  ochilgan  muloqot  oynasidan 

kerakli  o’zgarishlarni  qilish  kerak.  Bu  o’zgartirishlar  muloqot  oynasi  2.2-rasmda 

berilgan.  

 

  



2.2.rasm. Ikki o’zgaruvchili funksiya grafigini qurish. 

Bunda: 


 

Surface Plot – grafik sirti; 



 

Contour Plot – grafik chizig’i darajasi; 



 

Data Points – grafikda faqat hisob nuqtalarini tasvirlash; 



 

Vector Field Plot – vektor maydoni grafigi; 



 

Bar Plot – uch o’lchovli grafik gistogrammasi; 



 

Patch plot – hisob qiymatlari maydoni.  



Bulardan  tashqari  yana  bir  qancha  boshqarish  elementlari  mavjud.  Ular  grafikni 

formatlashda  keng  imkoniyatni  beradi.  Masalan,  grafik  masshtabini  o’zgartirish, 




 

 

 



 

grafikni  aylantirish,  grafikga  animatsiya  berish  va  boshqa.  2.3-rasmda  uch  o’lchamli 

grafikni formatlash oynasi berilgan. 

Grafikni boshqarishning boshqa usullari quyidagilar: 

 

Grafikni  aylantirish  uni  ko’rsatib  sichqoncha  o’ng  tugmasini  bosish  bilan 



amalga oshiriladi. 

 



Grafikni masshtablashtirish Ctrl tugmasini bosib sichqoncha orqali bajariladi. 

 



Grafikga  animatsiya  berish  Shift  tugmasini  bosish  bilan  sichqoncha  orqali 

amalga oshiriladi.  

 

2.3.rasm. Grafikni formatlash oynasi. 



  


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin