Matematik masalalarni yechishda Matchadning xizmati massivlar ustida amallar
bajarishda yaqqol ko’rinadi. Massivlar katta bo’lganda bu amallarni bajarish ancha
murakkab bo’lib, kompyuterda Matchadda dastur tuzishni talab etadi. Matchad
2.Matematika panelidan Vector and Matrix Toolbar (Massiv va vektor paneli)
tugmachasi bosiladi. Keyin Matrix or Vector (Massiv va vektor) tugmasi bosiladi,
natijada Matrix (Massiv) paneli ochiladi. Ochilgan muloqot oynasidan ustun va satr
sonlari kiritilib Ok tugmasi bosiladi. Bu holda ekranda massiv shabloni paydo bo’ladi.
3.Har bir joy sonlar bilan to’ldiriladi, ya’ni massiv elementlari kiritiladi.
SHablon yordamida 100 dan ortiq elementga ega bo’lgan massivni kiritish
mumkin. Vektor – bu bir ustunli massiv deb qabul qilinadi. Har qanday matitsa
elementi massiv nomi bilan uning ikki indeksi orqali aniqlanadi. Birinchi indeks qator
nomerini, ikkinchi indeks – ustun nomerini bildiradi.Indekslarni kiritish uchun
matematika vositalar paneldan Matrix panelini ochib, u yerdan Vector and Matrix
Toolbar, keyin Subscript (Pastki indeks) bosiladi. Klaviaturadan buni [ (ochuvchi
kvadrat qavs) yordamida bajarsa ham bo’ladi. Massiv elementi numeri 0, 1 yoki
istalgan sondan boshlanishi mumkin (musbat yoki manfiy). Massiv elementi numeri
boshqarish uchun maxsus ORIGIN nomli o’zgaruvchi ishlatiladi. Avtomatik 0 uchun
ORIGIN=0 deb yoziladi. Bunda massiv elementlari nomeri nuldan boshlanadi. Agar
nuldan boshqa sondan boshlansa unda ORIGIN dan keyin ikki nuqta qo’yiladi,
masalan ORIGIN:=1.
1.17-rasmda D massivning pastki indekslardan foydalanib elementlarini topish
ko’rsatilgan. ORIGIN=0 bo’lgani uchun avtomatik ravishda birinchi element 10 ga
teng.
Dostları ilə paylaş: