Amaliy masalalarni yechishda Mathcad. Abdrimov A



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#49754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
amaliy masalalarni yechishda mathcad dasturidan foydalanish metodikasi

 

 

 


 

 

 



 

1.2. Formulalarni kiritish va tahrirlash 

Boshlang’ich  holatda  ekranda  kursor  krestik  ko’rinishda  bo’ladi.  Ifodani 

kiritishda  u  kiritilayotgan  ifodani  egallab  olgan  ko’k  burchakli  holatga  o’tadi. 

MATHCADning har qanday operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin: 

 

menyu buyrug’idan foydalanib; 



 

klaviatura tugmalaridan foydalanib; 



 

matematik paneldan foydalanib. 



O’zgauvchilarga  qiymat  berish  uchun  yuborish  operatori  “:=”  ishlatiladi. 

Hisoblashlarni  amalga  oshirish  uchun  oldin  formuladagi  o’zgaruvchi  qiymatlari 

kiritiladi,  keyin  matematik  ifoda  yozilib  tenglik  “=”  belgisi  kiritiladi,  natijada  ifoda 

qiymati hosil bo’ladi (1.2-rasm). 

Oddiy  va  matematik  ifodalarni  tahrirlashda  menyu  standart  buyruqlaridan 

foydalaniladi. Tahrirlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin, masalan 

 

qirqib olish – Ctrl+x; 



 

nusxa olish – Ctrl+c; 



 

qo’yish – Ctrl+v; 



 

bajarishni bekor qilish – Ctrl+z. 



 

1.2-rasm. Oddiy matematik ifodalarni hisoblash. 




 

 

 



 

MATHCAD  200  dan  ortiq  o’zida  qurilgan  funksiyalariga  ega  bo’lib,  ularni 

matematik  ifodalarda  ishlatish  uchun  standart  panel  vositasidagi  Insert  Function 

(Funksiyani qo’yish) tugmasiga bog’langan muloqot oynasidan foydalaniladi.  

MATHCAD  hujjatiga  matn  kiritish  uchun  bosh  menyudan  Insert

Text  Region 



(Qo’yish

Matn  maydoni)  buyrug’ini  berish  yoki  yaxshisi  klaviaturadan  ikkitali 



kavichka  (“)  belgisini  kiritish  kerak.  Bunda  matn  ma’lumotini  kiritish  uchun  ekranda 

matn  kiritish  maydoni  paydo  bo’ladi.  Matn  kiritish  maydoniga  matematik  ifodani 

yozish  uchun  matematik  maydonni  ham  qo’yish  mumkin.  Buning  uchun  shu  matn 

maydonida  turib  Insert

Math  Region  (Qo’yish



Matematik  maydoni)  buyrug’ini 

berish  kifoya.  Bu  maydondagi  kiritilgan  matematik  ifodalar  ham  oddiy  kiritilgan 

matematik maydon kabi hisoblashni bajaradi. 

MATHCADda  foydalanuvchi  funksiyasini  tuzish  hisoblashlarda  qulaylikni  va 

uning effektivligini oshiradi. Funksiya chap tomonda ko’rsatilib, undan keyin yuborish 

operatori  (:=)  va  hisoblanadigan  ifoda  yoziladi.  Ifodada  ishlatiladigan  o’zgaruvchi 

kattaliklari funksiya parametri qilib funksiya nomidan keyin qavs ichida yoziladi (1.3-

rasm). 

 

1.3-rasm. Hisoblashlarda foydalanuvchi funksiyasini tuzish. 



 


 

 

 



 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin