Amaliy masalalarni yechishda Mathcad. Abdrimov A



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#49754
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
amaliy masalalarni yechishda mathcad dasturidan foydalanish metodikasi

  if shartli operatori.  

  if  shartli  operatori  ikki  bosqichda  ta’sir  etadi.  Birinchi  if  opreatoridan  o’ngda 

yozilgan  shart  tekshiriladi.  Agar  u  rost  bo’lsa,  undan  chapdagi  ifoda  bajariladi,  aks 

holda dasturning keyingi qatoriga o’tiladi.  

Dasturda  if  shartli  operatorini  qo’yish  uchun  quyida  keltirilgan  protseduralarni 

bajaring. 

 1.Tuziladigan dasturda shartli operator kiritiladigan joyga kursor qo’yiladi.  

 2.Dasturlash  panelidan  if  operatori  tugmasi  bosiladi.  Dasturda  ikkita  kiritishga 

ega operator shablani paydo bo’ladi. 

 3.O’ng kiritish joyiga shart kiritiladi. Bunda mantiqiy operatorlardan foydalanish 

mumkin.  Buning  uchun  (Boolean)  mantiqiy  operatorlar  panelidan  foydalanish 

birmuncha qulayliklarni beradi. 

 4.if operatori chap tamoniga shart rost bo’lganda bajariladigan ifoda kiritiladi. 

Agar  shartning  bajarilishida  bir  necha  ifodalar  bajariladitgan  bo’lsa,  u  holda  bir 

necha kiritish joylariga ega bo’lish kerak. Buning uchun kursorni if operatorining chap 

tamondagi  kiritish  joyiga  qo’yib,  keyin  dasturlash  panelidagi  Add  Program  Line 

(Dastur  qatoriga  qo’shish)  tugmachasini  necha  qator  kiritish  kerak  bo’lsa  shuncha 



 

 

 



 

bosish  kerak  bo’ladi.  Bunda  shunga  e’tibor  berish  kerakki,  shartli  operator  ko’rinishi 

o’zgaradi.  YAngi  vertikal  chiziq  kiritish  joyi  bilan  chap  tamonda  emas,  pastda  va  if 

operatordan o’ngda paydo bo’ladi. Agar shart yolg’on bo’lsa, o’tish dasturning keyingi 

qatoriga bo’ladi. 

  MATHCADda shartni yozishning uchta usuli bor: 

 

dasturlashning if shartli operatori yordamida; 



 

bul operatorlari yordamida; 



 

if funksiyasi yordamida. 



Quyidagi rasmda shartni yozishning uchta usuli ko’rsatilgan. 

 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin