Amaliy masalalarni yechishda Mathcad. Abdrimov A


-§. O’zgaruvchilar va funksiyalar



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#49754
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
amaliy masalalarni yechishda mathcad dasturidan foydalanish metodikasi

2-§. O’zgaruvchilar va funksiyalar 

 

Funksiyalarni  hisoblashda  hamma  vaqt  ham  u  uzluksiz  bo’lavermaydi.  Ayrim 

hollarda  uzulishga  ega  bo’ladigan  va  pag’onali  (stupenchatiy)  funksiyalarni  ham 

hisoblash  kerak  bo’ladi.  Bunday  hollar  uchun  MATHCAD  shartlarni  kiritish  uchun 

uch xil usulni ishlatadi: 

 



if funksiya sharti yordamida; 

 



Programming (dasturlash) panelida berilgan if operatori yordamida; 

 



mantiqiy (bul) operatorlarni ishlatgan holda. 

Misol  tariqasida  balkaning  egilishida  uning  siljishini  aniqlash  masalasini  Mora 

integrali yordamida hisoblashni qaraymiz (1.9-rasm).  

Balka egilish paytida har xil M1(x) va M2(x) funksiyalar bilan ifodalanuvchi ikki 

bo’limdan iborat. 

if funksiya shartini ishlatishning protsedurasi quyida berilgan: 

1.Funksiya nomini va (:=) yuborish operatorini yozish. 

2.Standart  vositalar  panelida  Insert  Function  (Funksiyani  qo’yish)  tugmasini 

bosish va qurilgan funksiyalar ro’yxati muloqot oynasidan if funksiyani tanlash, undan 

keyin  Insert  (Qo’yish)  tugmasini  bosish  kerak.  if  funksiyasi  shabloni  uch  kiritish 

joyida paydo bo’ladi 

3.Kiritish joyi to’ldiriladi. 

if funksiyasiga murojaat quyidagicha bo’ladi: 

 if (cond,x,y)

bu yerda cond – shart (masalan, x>L1), 

  x va y funksiyaga qaytariladigan qiymatlar. 

Agar shart bajarilsa, u holda qiymat x ga aks holda y ga yuboriladi. 



 

 

 



 

 

1.9.rasm. Uzlukli funksiyalarni hisoblashda shartlarni ishlatish. 



 

Programming  (Dasturlash)  paneli  yordamida  shartli  operatorni  kiritish  uchun 

quyidagi protsedurani bajarish kerak bo’ladi: 

1.Funksiya nomini va (:=) yuborish operatorini yozish. 

2.Matematika  vositalar  panelidan  Programming  (Dasturlash)  panelini  ochib,  u 

yerdan Programming Toolbar (Dasturlash paneli) tugmasi va keyin Add Program Line 

(Dastur qatorini kiritish) tugmasi bosiladi. 

3.YUqoridagi  kiritish  joyiga  (qora  to’rtburchakli)  birinchi  uchastkadagi  egilish 

momenti uchun ifoda yoziladi. 

4.Dasturlash  panelidan  If  tugmasi  (if  operatori)  bosiladi.  Natijada  kiritish  joyi, 

qayerga shartni yozish kerak bo’lgan joy paydo bo’ladi, masalan x

5.Pastki  kiritish  joyiga  ikkinchi  uchastka  uchun  egilish  momenti  kiritiladi  va 

bo’shliq tugmasi yordamida u ajratiladi. 



 

 

 



 

6.Dasturlash  panelidan  Otherwise  tugmasi  bosiladi  va  shart  yoziladi,  masalan, 

x>L1.[11,13] 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin