Diskret o’zgaruvchilar va sonlarni formatlash. MATHCADda diskret
o’zgaruvchilar deganda sikl operatorini tushunish kerak. Bunday o’zgaruvchilar
ma’lum qadam bilan o’suvchi yoki kamayuvchi sonlarni ketma-ket qabul qiladi.
Masalan:
x:=0..5. Bu shuni bildiradiki bu o’zgaruvchi qiymati qator bir necha qiymatlardir,
ya’ni x=0,1,2,3,4,5.
x:=1,1.1..5. Bunda 1 – birinchi sonni, 1,1 – ikkinchi sonni, 5 - oxirgi sonni
bildiradi.
x:=A,A+B..B. Bunda A – birinchi, A+B – ikkinchi, B - oxirgi sonni bildiradi.
Izoh! O’zgaruvchi diapazonini ko’rsatishda ikki nuqta o’rniga klaviaturadan (;)
nuqta vergul kiritiladi yoki Matrix (Massiv) panelidan Range Variable (Diskret
o’zgaruvchi) tugmasi bosiladi. Hisoblangan qiymatni chiqarish uchun esa o’zgaruvchi
va tenglik belgisini kiritish kifoya. Natijada o’zgaruvchi qiymati ketma-ket jadvalda
chiqadi. Masalan, x:=0..5 deb yozib, keyin x= kiritish kerak.
Foydalanuvchi funksiyaning uning argumentiga mos qiymatlarini hisoblab
chiqarish va bu qiymatlarni jadval yoki grafik ko’rinishda tasvirlashda diskret
o’zgaruvchilardan foydalanish qulaylikni keltiradi. Masalan, f(x)=sin(x)
⋅
Cos(x)
funksiya qiymatlarini x ning 0 dan 5 gacha bo’lgan qiymatlarida hisoblash kerak
bo’lsa, u holda quyidagi kiritishni amalga oshirish kerak: f(x)=sin(x)
⋅
Cos(x) x:=0..5
f(x)=javob. [9,10,11,13]
Dostları ilə paylaş: |