Amaliy mashg’ulotining tеxnologik kartasi.
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta'lim bеruvchi
|
Ta'lim oluvchi
|
Tayyorgarlik bosqichi
|
1. Mavzu bo’yicha o’quv mazmunini tayyorlash va kutilayotgan natijalarini shakllantiradi
2. Amaliy mashg’ulotining taqdimot slaydlarini tayyorlaydi
3. Talabalar o’quv faoliyatini baholash mеzonlarini ishlab chiqish .
4. O’quv kursini o’rganishda foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxatini ishlab chiqish .
5. Mavzuga oid yo’riqnomalarni tuzadi.
6. O’quv topshiriqlarni tayyorlaydi
|
|
1.Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
|
1. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va o’quv faoliyati natijalari bilan tanishtiradi.
2. Talabalar o'quv faoliyatini baholash mеzonlari bilan tanishtiradi.
3. Talabalar bilimlarini faollashtirish maqsadi da savollar bеradi
|
Tinglaydilar, savollarga javob bеradilar.
Talabalar bеrilgan savollarga javob bеradilar
|
2. Asosiy bosqich.
(145 daqiqa)
|
1. Mavzuga oid tayanch so’z va iboralarni izoxlab bеradi.
2. Talabalarni 2-4 tagacha kichik guruxga bo’ladi va guruxlarda xamkorlik asosida ishlash usuli qoidalari bilan tanishtiradi. har bir gurux mavzu rеjasi asosda taqdimot tayyorlashini aytadi.
3. O’quv kursi mavzulari asosida tayorlangan varakalarni tarkatadi.
4. Guruxlarga topshiriqlarni bajarish uchun yordam bеradi. taqdimot matеriallari mazmunan va mantikan tulik yoritilishini kuzatadi.
5. Taqdimot boshlanishini e'lon qiladi. Guruxlarda sardorlar taqdimotini tashkillashtiradi. Aniqlik kiritilishi lozim bo’lsa , gurux sardorini to’xtatadi, savollar bеradi, muxokamasini jamoaga havola etadi.
6. Mavzular asosida bеrilgan ma'lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi. Faol ishtirok etgan talabalarni ragbatlantiradi va umumiy baxolaydi.
7 Mavzuga oid bеmorlarni ko’rsatadi.
8. Bеmor kuratsiyasini taxlil qiladi.
9. Kasallik tarixini tеkshiradi
|
Tinglaydilar,
asosiy jixatlarini
yozib oladilar
Kichik guruxlarga bo’linadilar.
Topshiriklar bo’yicha ishlaydilar
Faol qatnashadilar, taqdimot uchun matеriallar tayyorlaydilar.
Guruxdan sardor tanlashadi, uning taqdimotida xamkorlik qiladilar.
Savollarga javob bеradilar.
tinglaydilar
Mavzuga oid bеmorlarni ko’radilar.
Bеmor kuratsiyasini taxlil kilishda ishtirok etadilar
|
3. Yakuniy bosqich
(20 daqiqa)
|
1. Mavzu bo’yicha talabalar bеrgan savollarga javob bеradi.
2. O’quv faoliyati yuzasidan xulosa bildiradi.
3.Mavzular maqsadiga erishishdagi talabalar faoliyatini taxlil qiladi va o’zlashtira olmagan joylarini qayta o’qib chiqishni tavsiya etadi
Mashg’ulot mavzusiga oid mustaqil ish;
o’zlashtirish ishi « Atipik pnevmoniyalar» – 5 s
Rеfеrat, Krossvord, Intеrnеt ma'lumotlaridan tayyorlashni topshiradi
|
Savollar bеradilar.
tinglaydilar
Uyga vazifani va mustaqil ish mavzusini yozib oladilar
|
BOLALARDA PNEVMONIYA
Pnevmoniya - deb (yunoncha pnevmo) upka tukimasining yalliglanishiga
aytiladi.
Pnevmaniya - upkaning terminal respirator kismlarining zararlanishi va
alveolalarda ekssudat yigilish bilan kechadigan utkir infeksion -
yalliglanish xolatidir.
Klinika amaliyotida pnevmoniyani tashkilashda "Oltin standart"dan
foydalanish lozim. Pnevmoniya tashxisining "Oltin standarti".
Pnevmoniya - bu upkada nafakat nafas yetishlovchiligi sindromi, fizikal
simptomlar borligiga karab, balki rentgenogrammadagi uchokli va segmentlar
infiltrativ uzgarishlar borligi bilan xarakterlanadigan utkir infeksion
- yalliglanish kasalligidir.
Pnevmoniya bola organizmida modda va xavo almashinuvining keskin
buzilishi bilan kechadigan ogir kasallikdir. Bu kasallik ayniksa erta
yoshdagi bolalarda uchraydi, xamda aksariyat xollarda xar xil asoratlar
bilan kechadi. Bolalarda kuzatiladigan pnevmoniya kechishi va okibatlari
jixatdan bolalikning xar xil davrlarida fark kiladi. Bu jixatdan eng
avvalo chakaloklarda va gudak bolalar pnevmoniyalari va katta yoshdagi
bolalarda kuzatiladigan pnevmoniyalar va pnevmopatiyalarni fark kilish
joizdir.
Infeksiya tushish sharoitiga karab pnevmoniya shifoxonadan tashkari ("uy
ichi") va kasalxona ichi (gospital, nozokomial) turlariga bulinadi.
Chakaloklarda esa - xomila ichi (tugma va postnatal) (orttirilgan)
pnevmoniyalarga bulinadi.
Postnatal pnevmoniyalar esa kasalxona ichi va kasalxonadan tashkari
pnevmoniyalarga bulinadi.
Kasalxonadan tashkari pnevmoniyalar deganda bola odatdagi uy sharoitida
bulganda yuzaga keladigan pnevmoniyalar tushiniladi.
Kasalxona ichi pnevmoniyalar - bu bola statsionarga tushgandan keyin 48
soatdan keyin yoki kasalxonadan chikarilgandan keyin 48 soat va undan
kuprok (7 kungacha) vakt davomida yuzaga keladigan pnevmoniyalardir.
Xomila ichi pnevmoniyalariga bola tugilgandan keyin 72 soat davomida yuzaga
kelgan pnevmoniyalar kiradi.
Klinik - rentgenogramma belgilar xarakteriga karab pnevmoniyalar; uchokli -
kushilgan; bulakli (krupoz), segmentar va iterstitsial.
Uz vaktida tugri davolanganda asoratlanmagan pnevmoniyalar 2 - 4 xaftada
utib ketadi, asoratli pnevmoniyalar esa 1 - 2 oy davom etadi. Agar davolash
samarasi 1,5 - 6 oy ichida kuzatilmasa pnevmoniyaning chuzilgan formasi
(segmentli shakli) deb tashxis kuyiladi.
Pnevmoniyalarning klassifikatsiyasi
Infeksiya tushish sharoitiga karab:
- Shifoxonadan tashkari ("uy ichi", "ambulator") pnevmoniya. Eng kup
uchraydigan chakuruvchilari: pnevmokokk, gemofil tayokchasi, mikoplazma,
moraksella.
- Kasalxona ("gospital") pnevmoniyasi. Eng kup uchraydigan chakiruvchilar:
stafilokokk, ichak tayokchasi, kuk yiring tayokchalar, protey, klebsiyella,
seratsiya va boshkalar.
- Xomila ichi pnevmoniyalar.
Morfologik uzgarishlarga karab:
- Bronxopnevmoniya;
- uchokli
- segmentli
- uchokli - kushiluvchan
- Krupoz (bulakli)
- Interstitsial
Kasallikning kechishiga karab:
- Asoratlanmagan
- Asoratlangan.
- Upkada asoratlar (plevrit, destruksiya, abssess, pnevmotoraks,
piopnevmotoraks).
- Upkadan tashkari asoratlar (infeksion - toksik shok, DVS sindromi, kon
aylanish yetishmovchilik sindromi, respirator - distress sindromi).
Etiologiyasi.
Pnevmoniya rivojlanish asosan (gripp, respirator - sintetsial,
adenoviruslar va boshka), strepto - stafilokokklar, "shartli" patogen
tayokchalar sabab bulmokda. Pnevmoniya bilan ogrigan bolalarda kasallikning
sababi viruslar va bakterialardir, xozirgi paytda eng kup tarkalgan
omillar viruslar bulib, ular pnevmoniyani mustakil ravishda keltirib
chikarishi yoki ularning ta'siri ostida tukimalarda karshilik kursatish
kobiliyatining maxalliy buzilishi okibatida ikkilamchi tarzda mikrobli
yalliglanishni keltirib chikadi. Pnevmoniya kasalligi - organizmning yukumli
omillarga kurashishi kobiliyatini (immunitet)ning tugma yetishmasligi bilan
tugilgan yoki ikkilamchi ravishda shu axvolga tushgan (raxit, gipotrofiya,
anemiya, konstitutsiyalar anomaliyasi natijasida) bolalarda osonlik bilan
vujudga keladigan va nisbatan ogir kechadi.
Pnevmoniyaning erta yoshdagi bolalarda kuprok uchrashi va ularda nafas
yetishmasligining nisbatan tezrok rivojlanishiga moyillik tugdiruvchi nafas
olish a'zolarining uziga xos anatomik va fiziologik xususiyatlari
mavjudligi bilan boglikdir. Bu xususiyatlarga erta yoshdagi bolalarda
kovurgalarning nisbatan gorizontal joylashganligi yukori nafas
yullarining torligi, ulardagi shillik pardaning kon tomirlarga boyligi,
kuprok nafasi suyaklarning ortikcha egiluvchanligi, xikildok va troxeya
togaylarining nisbatan yumshokligi kabilar kiradi.
Patogenezi.
Upka tukimasiga yukumli omillar kuyidagi uch yul orkali tushish mumkin:
1. Xavo bilan yukori nafas yullari orkali - aerogen (bronxogen) yul.
2. Konga tushgan yukumli omillarning upka tukimasiga utish - gematogen yul.
3. Limfa suyukligi orkali upka tukimasiga tushish - limfogen yul b/n.
Yukumli omillar upka tukimasiga tushgach, yalliglanish uchoklari paydo
buladi, bu esa uz navbatida upka kushuvchi tukimasining burtishiga,
alveolalarda suyuklik tuplanishga olib keladi. Bu xolatda alveolalarda
O2 ning surilishi kamayib, natijada uning kondagi mikdori kamayadi
(gipoksiya). Shu bilan bir katorda kondagi karbonat angidrid gazi (SO2)
chikarish ozayib, konda uning mikdori me'yoridan ancha kupayadi
(giperkapniya). Bu esa nafas olish faoliyatining yetishmovchiligi degandir.
Organizmda tuplangan SO2 gazi nafas olish markaziga salbiy ta'sir
kursatadi, xansirashga olib keladi.
Gipoksemiya upka tukimasiga infeksion agent bulib, yalliglanish uchogi paydo
bulishi natijasida yuzaga keladi. Yalliglanish uchogi alveolalar
devoridagi epidermik kuchishi, interstitsial tukimaning shishi va gaz
perfuziyasining buzilishi bilan boradi. Bronxlar obstruksiyasi,
mikroatelekazlarning paydo bulishi. Gipoksemiya nafas yetishmovchiliniga,
respirator atsidoz, konda uglekislotaning kupayishi (giperkapniya) bilan
kechadi. Giperkapniya nafas markazini kuzgatadi va kompesator reaksiyani -
xansirashini chakiradi. Bundan tashkari, gipoksiya va intoksikatsiya tukima
nafas fermentlarining funksional aktivligini susaytiradi va
vitaminlar zaxiralarini kamaytiradi. Poligivitaminoz yuzaga keladi.
Gipoksiya konda va parsial bosilining pastki kritik daraja tushishi
natijasida yuzaga keladi. Bunda bola organizmi xujayralari O2 uzlashtirish
xususiyatini yukotadi va anaerob modda almashinuvi tiklanadi.
Tukimalarda sut kislotasi va boshka oksidlanmagan almashinuv
maxsulotlari tuplanadi, respirator atsidozga metabolitik atsidoz kushiladi.
Konda, venoz konda xam xujayralar uzlashtirib olalmagan O2 kupayadi, SO2
esa kamayadi (gipokapniya). Gipoksiya tufayli gemodinamikaning buzilishi va
mikrotsirkulyaning uzgarishi markaziy nerv sistemasi va jigar
tukimalarida patologik uzgarishlarga sabab buladi modda almashinuvining
barcha turlari buziladi, nafas yetishmovchiligi kuchayadi.
Dizerniya - patologik jarayonning eng xavfli boskichi xisoblanadi. Moddalar
almashinuvining xujayra darajasidagi chukur buzilishlari bolaning
reaktivligini uzgarishga olib keladi, xujayra va gumolar immuniteti
sezilarni darajada pasayadi.
Shu fonda bola organizmidagi bakterial flora atkivlashadi, ikkilamchi
infeksiya kushiladi, yiringli uchoklar paydo buladi keyin esa septikopiyemiya
rivojlanadi.
Upka segmentlaridan tuzilgan bulib u asosan 3ta vazifani bajaradi:
1. Nafas olishda ishtirok etish.
2. Immuno-biologik vazifali
3. Drenaj vazifasi, ya'ni nafas yullarida tuplangan suyuklik yoki
boshka yot narsalarni chikarish vazifasi. Pnevmoniyada shu vazifalarning
barchasi buziladi.
Klinik xususiyatlari
Kasallikning klinik kurinish uning kay shaklida yuzaga kelganligi va uni
keltirib chikargan omillarining xususiyatlariga boglik bulib, juda xilma -
xildir.
Mayda kismlarida paydo buluvchi (uchokli) pnevmoniya, odatda tumov -
aksirish, kuruk yutal, unchalik yukori bulmagan isitma, bolaning
injiklanishi, burun bitishi bilan boshlanadi, asosan respirator viruslar
bilan boglik buladi. Kasallikning 5-7 kunlarida bolaning rangi okarib
yutal kuchayadi, isitmasi oshadi, xansirash paydo buladi.
Nafas olish kushimcha mushaklarning (ichkariga) ishtirokida boradi.
Kukrak kafasini tukilatib urib kurganda (perkussiya) agar pnevmoniya mayda
uchokli bulsa, uzgarish sezilmasligi mumkin. Upkada boshlangich davrida
kuruk va kichik-katta pufakli xul xirillashlar eshtilsa, bir xaftadan sung
uchokli simptom - krepitatsiya eshitiladi. Perkussiyada tovushning kiskarishi
upkaning zararlangan joyi kancha katta bulsa, shuncha tez uchraydi,
pritupleniye aniklaydi.
Yurak tonlari bugiklashgan, pulsi tezlashgan R-upkada zararlanmagan
kismlarining kompensator kengayishi (emfizema xolati), uchokli infeksiya,
konda leykotsitoz salgina neytrofilyoz, SOE - 20-40mm/ch, sogayish 2-3 xafta.
Segmentlar pnevmoniya
Yalliglanish jarayoni bitta yoki bir nechta segmentda joylashadi. Ichki organ
va sistemalarda kuchli uzgarishlar buladi, toksikoz rivojlangan buladi.
Utkir boshlanadi, isitmasi 38-39oS, katta bolalarda bosh ogrishiga, boshi
aylanishiga, ishtaxasi bulmaydi, ba'zan bolalarda korin soxasida ogrik,
kusish, ichi ketishi mumkin.
Ba'zi vaktlarda birinchi urinda markaziy nerv sistema tomonidan buladi:
talvasa, xushini yukotish.
Pnevmoniya kechishi mumkin:
- neyrotoksikoz belgilari bilan,
- kardiovaskulyar sindrom bilan,
- oshkozon - ichak sistemasini uzgarishi.
Ensefalitik sindrom paydo bulishi bakteriya, toksik va toksik moddalarning
markaziy va vegetativ nerv sistemasiga ta'sir kilib neyrotoksikoz
xolatida kechadi.
Neyrotoksikoz uch fazasi aniklanadi:
1. Gipertermiya
2. Gipoksicheskaya ensefalopatiya
3. Terminal
I faza. Gipertermik fazasida - isitma baland, bezovta, miodi-namikani
buzilishi belgilari: oyok - kullarining muzlashi, taxikardiya, akrotsianoz,
xansirash, oligoureya.
II faza. Gipoksicheskaya ensefalopatiya - katta likildokni burtishi, nistagm,
talvasa klonik - tonik shaklda, kuchli taxikardiya.
III faza. Chukur koma - paralitik kollaps - taxikardiya, bradikardiya bilan
almashinadi, xansirash bradiknoz buladi, keyin cheyn-stoks nafas olishga
utadi.
Kardiovaskulyator sindrom - bemor sianoz, ba'zan tarkalgan xolda, teri
koplamlari marmarga uxshagan, bu kon tomirlarda dimlanish buladi.
Taxikardiya 200 bir minutda, yurak tonlari bugik, A/D pasaygan. Upkada -
upka ovozi kiskargan, yalliglangan jarayonida nafas olish susaygan, upkada
kuruk, xul va krepitatsiya xirillashlar aniklanadi.
Rentgenogrammada - gemogen soyalar bir nechta segmentda bulib, 2-6 xaftagacha
saklanadi. Pnevmoniyaning uchokli va segmentar shakllarini asorat berishi
premorbid xolati bor bolalarda (raxit, ekssudativ diatez, timomegaliya,
chala tugilish) kuzatiladi.
Interstitsial zotiljam. Asosan viruslar, pnevmotsistlar, mikoplazma va
zamburuglar tomonidan chakirilib, kupincha chakalok bolalarda, ular chala
tugilgan bulsa, yoki gipotrofiya anemiya bilan kasallangan nimjon bolalarda
rivojlanadi. Interstitsiya pnevmoniyada bemorning umumiy axvoli juda tez
ogirlashadi, burun kerilib, nafas olishi shovkinli buladi, lab atrofi va
yuzida kukarish kuzatiladi.
Xurujsimon chuziluvchan, ogir yutal kuzatiladi. Upkada perkutor va
auskultatsiyada: nafas olish biroz susaygan, onda - sonda nam va dagal kuruk
xirillashlar eshitiladi. Sagayishi 1-2 xaftadan to 1-2 oygacha davom etadi.
Gipotrofiya, raxit va anemiya bilan kasallangan erta yoshdagi bolalarda
pnevmoniyaning kechishi bir kator uziga xos xususiyatlariga ega. Ularda
tana xarorati kam uzgarishi, yutalning juda kam bulishi. Auskultatsiyada
upka nafas shovkini biroz susayib, kukrak kafasining pastki kismi, xamda
umurtka atrofida paydo pufakli nam xirillashlar eshitiladi. Bunday
xollarda sust klinik manzara bilan kechadi, xattoki uning asoratlari kelib
chikadi: me'da - ichak, yurak va buyrakning faoliyati susayib, bemorni axvoli
tez ogirlashadi, uning tanasida shish paydo buladi.
Utkir pnevmoniyaning diagnostikasi jadvali
Pnevmoniyaga xos belgilar Pnevmoniyaga xos bulmagan belgilar
38oS dan yukori isitma 38oS dan yukori isitma
Isitma 3 kundan kup sianoz 3 kundan kam
Ovozli nafas
Taxikardiya
Obstruksiya sindromi yukligida xansirash Obstruksiya sindrom
Yutal Yutalning yukligi
Maxalliy belgilari:
Maxalliy kuruk bulmagan xirillishlar Tarkok kuruk va kuruk bulmagan
xirillashlar
Kattik yoki kuchsizlangan bronxial nafas
Perkutor tovushning kiskarishi Konning normal manzarasi
Neytrofil leykotsitoz 10x109 g/l dan yukori
SOE - 20 mm/soatdan yukori
Differensial diagnoz va diagnozi
Utkir pnevmoniyaning tashxisi: bolani ovkatlantirish, kechirgan kasalliklari
va kechishi, klinik manzarasi: URVI bilan kasallangan, tana xarorashini
kutarilishi, yutal, xansirash, (bronxitlar) belgilari kuzatiladi. Kurikda
bolani nafas yetishmovchiligiga xolatiga e'tibor berish kerak. Upkada
perkussiya va auskultatsiya yordamida eshitish. Kukrak kafasini
rentgenogramma kilish, kon analizi va balgam olib tekshirish.
Differensial diagnozi: URVI, bronxitlar va bronxolitlar, nafas yullarida
utkazuvchanlik utishida (yot moddalar, aspiratsiya, laringospazm, bronxospazm)
plevrit, tuberkulyoz va boshka belgilar bilan solishtirish mumkin.
Davolash. Kasallikni barvakt aniklab uz vaktida davolash, pnevmoniyaning
katta axamiyatga ega. Davolash ishlari uy sharoitiga va shifoxona sharoyitiga
olib boriladi. Kasallikni aniklanganda antibiotiklar tayinlanadi. Kaysi
antibiotikni kullash ayni muddao ekanligini bilish uchun, uning
antibiotiklarni sezuvchanligini aniklash lozim.
Ayrim antibiotiklar uzining xususiyatlari tufayli extiyotkorlik talab etadi,
streptomitsin, kanamitsin, monomitsin eshituv a'zolar va buyrakka zarar
yetkazadi.
Antibiotiklar pnevmoniya chakirgan yukumli omilar ta'sir kilish bilan bir
katorda, organizmda odatdagi mikroorganizmlar muvozanatini buzib,
zamburuglar (kandidoz) rivojlanmasligi uchun ayni paytdo nistotin (50-100
ming birlik kuniga 3-4 marta) yoki levorin (80-100 ming) tayinlanadi.
Oziklanish ratsioni bola axvoliga karab individual tayinlanadi, bunda
asosan suyuklik ichish tartibiga aloxida e'tibor berish kerak, uning tarkibi
kuyidagicha:
1 litr suvga 3,5g natriy xlorid, 1,5 g kaliy xlorid, 2,5g natriy bikorbanat va
20g glukoza.
Suyuklining bir kunlik umumiy mikdori 700-1000 ml dan kam bulmasligi
kerak.
Kasallik ogir, asoratli kelgan xallarda bolaning tana xarorati yukori bulsa,
uni yalongoch kilib kuyishi, badanini 40% li spirt eritmasi bilan
ishkalamasdan artish, buyin va son soxasidagi yirik kon tomirlarining
ustiga yupka buyumga uralgan muz kuyish foydadir. Bunday paytda
amidopirinning 4% eritmasi 0,1 ml/kg, 50% li analgin eritmasidan bolaning
xar bir yoshiga 0,1 ml yoki aminazinning 2,5% li eritmasidan (1-2 mg/kg)
mushak orasiga yuboriladi.
Pnevmoniyada antibiotiklar bilan davolashda penitsillin, amoksil - KMP- 2
yoshgacha - 20 mg/kg tana massasiga, 2 yoshdan - 5 yoshgacha - 125 mg x 3 marta
sutkada 10 yoshdan kattalarga (40 kg ortik) 250-500 mg x 3 marta sutkada.
Makropen - ovkatdan yarim soat oldin ichish uchun.
5 kg (2 oylik) - 3,75 ml x 2 marta
10 kg (1-2 yosh) - 7,5 ml x 2 marta
15 kg (4 yosh) - 10 ml x 2 marta
20 kg (6 yosh) - 15 ml x 2 marta
30 kg (10 yosh) - 22,5 ml x 2 marta
Zotiljamning ogir shakllarida davolashni sefalosporinlar guruxidagi
antibiotiklar va gentamitsin (3-4 mg/kg) boshlash kerak.
Seftriokson v/v, v/o 250/500/1000 mg
50-70 mg/kg x 2 marta
Sefazalin 250/500/1000 mg
25-50 mg/kg 0,25g - 0,5g - 1,0g
Pnevmoniyaning ogir shaklladi,ya'ni segmentar pnevmoniyada megasef
antibiotikdan foydalanish mumkin.
Megasef. tabletka 250-500 mg № 10
Kichik bolalarda 20-40 mg/kg/sutkada x 2 marta kattalar va 12 yoshdan katta
bolalarga 250-500 mg x 2 marta sutkada.
Inyeksiyasi: v/v, /v/ 0,75-1,5g x 3 marta sutkada xar 8 soatda
3 yoshgacha bulgan bolalarga 50-100 mg/kg 6-8 soat yangi tugilgan chakalaklarda
30-100 mg/kg kuniga 3 marta.
Tayyorlanishi 250 mg - 1 ml inyeksiya suvi
750 mg - 3 ml inyeksiya suvi
Infuzion terapiya kuyidagilar kursatma: neyrotoksikoz, yiringli
intoksikatsiya. eksikoz - suyuklik mikdori 30-40 ml/kg dan oshmaslik kerak
reopoliglukin 10ml/kg sut dozada:
Plazma yoki albumin 5-10 ml/kg sutkasida
10% glukoza eritmasi 1:2 nisbatda xammasi bulib 50-80 ml/kg sutkasida
mikdorda.
Yurak yetishmovchiligi bulganda tomir ichiga kuyidagi yurak glikozidlari
yuboriladi (0,1 ml 0,05% eritma) yoshiga karab strofantin yuboriladi, ogir
xollarda glikokortikoid gormonlar kullaniladi - prednizolon 3-5 mg/kg dan
v/i sutkada 1-3 kun davomida.
Bemorda balgam kuchiruvchi va yutalga karish tabletka va siroplar berish
kerak.
Linkas sirop
bolalarda - 1 choy koshik 3-4 marta kuniga kichik yoshdagi bolalarda - 0,5 choy
koshik - 3-4 marta kuniga
kattalarga - 2 choy koshik 3-4 marta kuniga.
Pertussin -
kattalar - 1 osh koshik - 3 marta kuniga
bolalarga - 0,5 choy koshik - 3 marta kuniga
Ambrobenye -
sirop 0-2 yosh 2,5 ml x 2 marta
2 yosh - 2,5 ml x 2 marta
5-12 yoshgacha - 5 ml x 2 marta
Inyeksiya:
0-2 yosh - 1 ml x 2 marta
2 yoshdan - 1 ml x 3 marta
5-12 yoshgacha - 2ml x 2-3 marta
12 yoshdan - 2 ml - 2-3 marta
Dispanserlashtirish (nazoratga olish)
Pnevmoniya bilan kasallangan 3 yoshgacha xamma bolalarni dispanser
nazoratida bulishi kerak.
Agar 1 yil davomida retsidiv (kaytalanish bulmasa) klinik va rentgenologik
uzgarishlar bulmasa, xisobdan chikariladi.
Dispanserlashtirish effektivligini baxolashda premorbid asos, ya'ni
raxit, gipotrofiya, konstitutsiya anomaliyalarini xisobga olish kerak.
Utkir pnevmoniyaning oldini olish - pnevmoniya infeksion kasallik
bulganligi tufayli yukishidan saklanish kerak. Raxit, gipotrofiya, anemiya,
diatezlar va genetik kelib chikan immunodefitsit kasalliklarini davolash va
profilaktika kilishi zarur.
Kasallikning oldini olishga pnevmoniyadan oldin kechadigan utkir va
surunkali jarayonlarni yuk kilish xamda bolalar organizmini erta yoshdan
xamma chinikish chora - tadbirlarini kullash bilan chidamligini oshirish
kerak.
Dostları ilə paylaş: |