AMALIY MASHG’ULOT №1 Aktiv va passiv elektron komponentlardan tashkil topgan ketma-ket va parallel zanjirlarni xisoblash. Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga aktiv va passiv elektron komponentlardan tashkil topgan ketma-ket va parallel zanjirlarni xisoblashn va ularning turlari haqida ma’lumot berish.
NAZARIY QISM Elektr toki. Qarshilik. Asosiy ifodalar va tenglamalar. G.Om qonuni. Qarshilik. Elektr toki - bu zaryad tashuvchi zarrachalarning yo‘naltirilgan tartibli harakatidir.
Tok kuchi vaqt birligida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi orqali o‘tuvchi elektr (zaryad) miqdori bilan aniqlanadi:
I = Q/t (1.1)
Tok kuchining birligi amper (A):
1A = 1K/1s
Tok zichligi (A / mm2) J = I / S (1.2) bu yerda I - o‘tkazgichdagi tok kuchi; (A); S - o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasi, (mm2).
Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni: Zanjirning bir qismidan o‘tuvchi tok kuchi shu qismdagi U kuchlanishga to‘g‘ri proporsional va uning R qarshiligiga teskari proporsional, ya’ni:
I = U/R (1.3) bu yerda Uvoltda (V); R - Om birlikda (Ω) o‘lchanadi.
Butun zanjir uchun Om qonuni:
I = E/(R + r) (1.4) tenglama bilan ifodalanadi va bu yerda e - elektr energiya manbasining elektr yurituvchi kuchi, (V); r -tashqi zanjir qarshiligi, ; r - manbaning ichki qarshiligi, ( Ω.
O‘tkazgichning elektr qarshiligi:
R = U /1 tenglama bilan ifodalanadi. Qarshilikka teskari kattalik o‘tkazuvchanlik gdeb ataladi va simens birlikda (Cm) o‘lchanadi. lCm = 1/ Ω ;
G=1/R (1.5) O ‘tkazgichning elektr qarshiligi: (1.6) tenglama bilan ifodalanadi, bu yerda: p-solishtirma qarshilik, (Ω *mm2/m); l - o‘tkazgich uzunligi, (m); S- o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi yuzasi, (mm2). Solishtirma qarshilikka teskari kattalik solishtirma o‘tkazuvchanlik deyiladi, (m / Ω *mm2)) va quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
γ=1/ρ (1.7)