Elektr texnikasining asosiy qonunlari.
Joul-Lens qonuni. O‘tkazgichdan o‘zgarmas tok o‘tganda ajralib chiqqan Q - issiqlik miqdori (J):
Q = I2 * R* t, (1.19)
yoki
Q =0.24 I2 * R* t, (1.20)
tenglama bilan ifodalanadi va bu yerda Q - issiqlik miqdori kaloriya birlikda o‘lchanadi.
Kirxgofning birinchi qonuni. Tugunga kiruvchi toklarning algebraik yig‘indisi, tugundan chiquvchi toklarning algebraik yig‘indisiga teng, yoki tugundagi toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng bo‘ladi va quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
I1+I2+…+In=I2+I4+…+Ik (1.21)
bu yerda I1+13+...+In - tugunga yo‘naltirilgan (kiruvchi) toklar yig’indisi, I2+14+...+Ik - tugundan chiquvchi toklarning algebraik yig‘indisi, ya’ni:
⅀I=0 (1.22)
Tugunga yo‘naltirilgan (kiruvchi) toklarni shartli ravishda “+” musbat, tugundan chiquvchi toklar “-” manfiy deb qabul qilinadi.
Kirxgofning ikkinchi qonuni. Elektr zanjirining berk konturida E.Yu.K laming algebraik yig‘indisi, shu konturdagi qarshiliklarda kuchlanishlar tushuvining algebraik yig‘indisiga teng:
⅀E=⅀I*R (1.23)
Bu qonun bo‘yicha tenglama tuzilganda manba elektr yurituvchi kuchi (E.Yu.K) “+” belgi bilan yoziladi, qachonki uning yo‘nalishi konturni aylanish yo‘nalishi bilan mos tushsa.
Kuchlanish tushuvi yo‘nalishi “+” belgi bilan yoziladi, qachonki rezistor orqali o‘tuvchi tokning yo‘nalishi konturni tanlangan aylanish yo‘nalishi bilan mos tushsa.
Dostları ilə paylaş: |