Xavfsizlik
– bu ob`ektning
shunday himoyaki, bunda unga ta`sir
etuvchi barcha moddalar oqimlari,
energiyalari
va
informatsiyalari
maksimal ruxsat etiladigan miqdordan
oshmaydi. Tabiiy ofatlar butun davlat
uchun halokatli hisoblanadi. Tabiiy
ofatlar
natijasida
ko`plab
odamlar
halok bo`ladi, moddiy boyliklar nobud
bo`ladi, aholi turar joylari, sanoat
korxonalari
va
boshqalar
vayron
bo`ladi. Bundan tashqari tabiiy ofatlar
ta`sirida
inson
yashashi
uchun
noqulay,
antisanitar-gigienik
shart-
sharoitlar vujudga kelib, ular turli xil
yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga
sabab bo`ladi.
Xavflarni o`rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich-xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch
qadam bilan bajariladi: 1-qadam-xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam-
xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash; 3-qadam-tahlilni
chegaralash, ya`ni, tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
Ikkinchi bosqich-xavfli holatlarni ketma-ketligini aniqlash, hodisa va
xavflar daraxtini tuzish. Xavflar daraxti yuqoridan pastga qarab quriladi
hamda sabablari hisobga olingan holda tamom bo`ladi (2.2.-rasm).
Uchinchi bosqich-oqibatlarni tahlil qilish. Xavfsizlik tizimi, bu-
xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo`llarini tayyorlash va
asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir. O`zaro
ta`siri bilan aniq bir maqsadga etishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi
tizim deb ataladi.
Tizim deganda birgina moddiy ob`ektdan tashqari aloqalar va
bog’lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik
tizimga misol bo`lishi mumkin.
Tarkibiga odam ham kiradigan element tizimi ergonomik tizim deb
ataladi. Masalan, «Odam-mashina», «odam-mashina-atrof-muhit».
2.2-rasm.
«Xavflar daraxti» ning sxemasi.
Tizimlash tamoyili hodisalarni o`zaro bog’liq ravishda bir to`plam
tariqasida o`rganadi. Tizim beradigan maqsad yoki natija tizim yaratuvchi
element deb aytiladi.
Masalan,
yong’in-yonuvchi
modda,
oksidlovchi
kislorod,
yondiruvchi. Bu erda yong’in-tizim, yonuvchi modda-oksidlovchi,
yondiruvchi-uning elementlari. Agar birorta elementni shulardan chiqarib
tashlasak, tizim buziladi. Tizimda bor sifat uning elementlarida
bo`lmaydi.
Bu tizimning muhim xususiyati bo`lib, xavfsizlik masalalari tahlili
asosida joylashgan. Ko`ngilsiz voqealarning paydo bo`lish sabablarini
aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik tizimi
tahlilining asosiy maqsadidir.
Har qanday sabablar natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi.
Sababsiz haqiqiy xavf ham, zarar ham yo`q. Demak, xavfdan saqlanish
uning kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan.
Sodir bo`lgan xavflar bilan sabablar o`rtasida sabab-oqibat aloqasi
bor. O`z navbatida bir sabab ikkinchi sababiy oqibatni keltirib chiqaradi
va h.k. SHunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon tizimni yaratadi.
Bunday grafikning tasviri shoxli daraxtga o`xshaydi.
Quriladigan daraxtlarda sabab va xavf shoxlari bor. Ularni o`zaro
ajratib tashlash mumkin emas. SHuning uchun xavfsizlikni tahlil etishda
tuzilgan tasvirni sabablar va xavflar daraxti deb atash lozim.
|