Ishni bajarish uchun namuna: Mexatronik modulning quyidagi kinematik sxemasi berilgan:
Modul tarkibiga quyidagilar kiradi: valining aylanishlar soni ndv=1400 ayl/min bo`lgan elektrodvigatel 1, tasmali uzatma 2, bir boshqichli silindrik qiyshiq tishli reduktor 4, zanjirli uzatma 6 va valining aylanishlar soni nr.o.=12 ayl/min bo`lgan ishchi organ.
I va II vallardagi aylanishlar sonini aniqlash kerak bo`ladi.
Kinematik sxemadagi umumiy uzatishlar sonini (5.2) formula bilan aniqlaymiz:
2. (5.3) formulaga asosan umumiy uzatishlar sonini alohida bosqichlarga bo’lishda uzatishning umumiy soni har bir boshqich uzatish soni ko’paytmasiga teng bo’ladi. Bizning holatda 3 ta uzatishlar mavjud (tasmali uzatma, bir bosqichli reduktor va zanjirli uzatma), shuning uchun:
= bu yerda u1; u2va u3- tasmali uzatma, reduktor va zanjirli uzatma uzatishlari soni.
5.1-jadvalga asosan reduktor va zanjirli uzatma uchun uzatishlarni sonini belgilaymiz, tasmali uzatmani (5.4) formuladan hisoblaymiz.
u2=6; u3=5,
Unda u1 = uum /( = 116,67 / (6∙5)= 3,9 Kinematik sxemaning haqiqiy uzatishlar soni: =6∙5∙3,9=117
Ishchi organning haqiqiy aylanishlar soni: nh= ndv / = 1400/117=11,966 ayl/min Ishchi organ valining berilgan va hisoblangan aylanishlar soni orasidagi xatolikni (5.5) formula yordamida aniqlaymiz: