Amaliy mashg’ulot №1 Mexatronik elektryuritmalarning kinematik sxemasini loyihalash



Yüklə 212,27 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü212,27 Kb.
#186232
  1   2   3   4
1-amaliy


Amaliy mashg’ulot №1
Mexatronik elektryuritmalarning kinematik sxemasini loyihalash


Mashg’ulot maqsadi: Talabalarda mexatronik elektr yuritmalari uchun kerakli kinematik sxemani loyihalash amaliy ko`nimalarni shakllantirish.

Elektryuritmalarning kinematik sxemasini qurish mexatronik tizim loyihalashning mas’ul bosqichi hisoblanadi. Kinematik sxema mexatronik tizimning mexanik qismi konstruksiyasini, shuningdek uning ishlatish sifatini belgilaydi.


Kinematik sxema mextronik tizim mexanik qismining hamma zveno va mexanizmlarini bog’lanish tartibini tekislik yoki fazoviy tasvirda ko’rsatadi va energiya oqimining taqsimlanishi haqida, mexanik qismi elementlarining kinematik aloqasi haqida, asosiy zvenolarni bir-biriga nisbatan joylashish holati haqida ma’lumot beradi. U tizimning kinematik va kuchini hisoblash uchun asosiy hujjat hisoblanadi.
Sxema masshtabga amal qilmasdan bajariladi. Sxemaning hamma elementlari shartli grafik belgilar bilan yoki tashqi ko’rinishi soddalashtirilgan holda belgilanadi.
Kinematik sxemada yurutma dvigatelning quvvati, dvigatel valining va mashina barcha vallarining aylanma tezligi, shkivlar diametrlari, tasma uzunligi va turi, tishli g’ildirak, yulduzcha va xrapovik tishlari soni, tishli uzatma moduli, zanjirli uzatma qadami, ishchi organlar yurishi soni va qiymati ko’rsatiladi. Vallar rim raqamlari bilan nomerlanadi. Mexanik qismning hamma elementlari sxemada arab raqamida tartib bilan nomerlanadi, chapdan o’nga yoki o’ngdan chapga va chizmaning bo’sh joyida matn bilan izoh beriladi, masalan jadvallar yordamida (ГОСТ 2.702—69).


Umumiy uzatish sonini aniqlash va uni bosqichlarga taqsimlash
Uzatmalarning asosiy kinematik xarakteristikasi bo’lib uzatishlar soni hisoblanadi:


(5.1)

bu yerda ω1 va ω2 - yetaklovchi va yetaklanovchi vallarning burchak tezligi, s-1; n1 va n2 - yetaklovchi va yetaklanovchi vallarning aylanish chastotasi, ayl/min; Ma1 va Ma2 - yetaklovchi va yetaklanovchi vallardagi aylantirovchi momentlar, N·m; η - yurutma FIK.

Umumiy uzatish soni


uum = ndv : ni.o (5.2)
bu yerda ndv - elektrodvigatelning aylanishlar chastotasi, ayl/min (s-1); ni.o - ishchi organning aylanishlar chastotasi, ayl/min (s-1).

Keyin uum ni alohida bosqichlarga bo’ladilar. Buning ko’p yechimi mavjud, lekin biz optimal variantini tanlab olishimiz kerak.


Umumiy uzatishlar sonini alohida bosqichlarga bo’lishda uzatishning umumiy soni har bir boshqich uzatish soni ko’paytmasiga teng bo’ladi:


uum = u1 u2 u3 × …× un (5.3)

Agar umumiy uzatishlar soni aniq bo’lsa, boshqa n—1 boshqichlar uzishlar soni beriladi va oxirgi bosqich uzatishlar soni kattaliklari aniqlanadi:




un = uum / (u1 u2 u3 × …× un-1) (5.4)
Umumiy uzatishlar sonini aniqlash umumiy me’zoni yo’q. Ammo quyidagilar tavsiya etiladi:

  • qo’llanmalarda ko’rsatgan uzatishlar sonlarining o’rtacha qiymatlari tanlab olinadi;

  • birinchi navbatda reduktor uchun, keyin zanjirli, tasmali va tishli uzatmalar uchun uzatishlar soni aniqlab olish kerak;

  • silindrik va silindrik-konus reduktorlarda birinchi tezyurar bosqichlari uchun uzatishlar soni kattaroq tanlanadi (3 dan 5 gacha), keyingi sekin ishlaydigan bosqich uchun avvalgisidan 30-40 % kamroq olinadi;

  • chervyakli reduktorning FIK ko’p bo’lishi uchun ko’p zaxodli chervyak qo’llaniladi.

Umumiy uzatishlar sonini alohida boshqichlarga bo’lish uchun 5.1-jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin:



Yüklə 212,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin