5.2-jadval. Kinematik sxemadagi elementlarning shartli belgisi
Elektrdvigatel
Mufta
Val
Podshipnik, tayanch
Silindrik tishli uzatma
Konussimon tishli uzatma
Chervyakli uzatma
Zanjirli uzatma
Tasmali uzatma
Bir boshqichli silindrik qiyshiq tishli reduktor
(yopiq tishli uzatma)
Ishni bajarish uchun namuna: Mexatronik modulning quyidagi kinematik sxemasi berilgan:
Modul tarkibiga quyidagilar kiradi: valining aylanishlar soni ndv=1400 ayl/min bo`lgan elektrodvigatel 1, tasmali uzatma 2, bir boshqichli silindrik qiyshiq tishli reduktor 4, zanjirli uzatma 6 va valining aylanishlar soni nr.o.=12 ayl/min bo`lgan ishchi organ.
I va II vallardagi aylanishlar sonini aniqlash kerak bo`ladi.
Kinematik sxemadagi umumiy uzatishlar sonini (5.2) formula bilan aniqlaymiz:
2. (5.3) formulaga asosan umumiy uzatishlar sonini alohida bosqichlarga bo’lishda uzatishning umumiy soni har bir boshqich uzatish soni ko’paytmasiga teng bo’ladi. Bizning holatda 3 ta uzatishlar mavjud (tasmali uzatma, bir bosqichli reduktor va zanjirli uzatma), shuning uchun:
= bu yerda u1; u2va u3- tasmali uzatma, reduktor va zanjirli uzatma uzatishlari soni.
5.1-jadvalga asosan reduktor va zanjirli uzatma uchun uzatishlarni sonini belgilaymiz, tasmali uzatmani (5.4) formuladan hisoblaymiz.
u2=6; u3=5,
Unda u1 = uum /( = 116,67 / (6∙5)= 3,9 Kinematik sxemaning haqiqiy uzatishlar soni: =6∙5∙3,9=117
Ishchi organning haqiqiy aylanishlar soni: nh= ndv / = 1400/117=11,966 ayl/min Ishchi organ valining berilgan va hisoblangan aylanishlar soni orasidagi xatolikni (5.5) formula yordamida aniqlaymiz: