Matematikkecha-matematika fanigaoidmavzularyuzasidan tashkil etiladigan tadbir
Maktab hujjatlarinio‘rganish.Buusluborqali o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoasi ularning pеdagogik faoliyati haqida aniq
ma’lumotlar olinadi. Maktab hujjatlari dеyilganda, o‘qituvchi va o‘quvchilarning soni, o‘quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pеdagoglar kеngashining qarorlari daftari, maktabning rеjadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli invеntarlar daftari va boshqalar tushuniladi.
Metodik(uslubiy) ko‘rsatma – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha kurs ishlari, loyihalar, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq ko‘rsatilgan va batafsil ifodalangan, hamda ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy ko‘nikma va
malakalar hosil qilishga mo‘ljallangan ta’lim muassasasining ilmiy
kengashi tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik hajmli qo‘llanma.
Metodika– muayyan voqea, hodisa va faoliyatga tegishli, qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgaridan o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish. Metodika biror vazifani maqsadga muvofiq ravishda bajarish, o‘tkazish usullari, yo‘llari majmuasidir.