Kommunikativkompetentsiya - ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Konkretlashtirish - bu umumlashtirish va abstraktlashtirish jarayonida ajratib olingan, e’tibordan soqit qilingan, oldingi butun belgi va xususiyatlarni yana predmet va hodisalar bilan bog‘lab, shu predmet va hodisa haqida aniq bir fikr hosil qilishdir.
Kuzatish metodi - obyektni o‘rganishda unga ta’sir etmasdan bilish metodidir. Bunda obyektning xossasini, qayd etish va o‘lchash bilan chegaralaniladi, uning o‘zgarishi kuzatiladi (masalan, keskichning yeyilishini kuzatish). Tadqiqot natijalari bizga real obyektlarning obyektiv xossa va aloqalari haqida ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Ushbu natijalar tadqiqotining ixtiyori, hissiyoti va xohish-irodasiga bog‘liq emas.
Ko‘rsаtmаlimеtоdlаr. O‘qitishning ko‘rsаtmаli mеtоdlаri o‘quvchilаrgа kuzаtishlаr аsоsidа bilimlаr оlish imkоnini bеrаdi.
Ma’ruza- (o‘quv ma’ruzasi) oliy o‘quv yurti pedagogik jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan shakli bo‘lib unda ta’lim oluvchilarga maksimal darajada yangi ilmiy axborotlar berish, o‘quv materialini talabalar ongiga yetkazish nazarda tutiladi. Ma’ruzalarda talaba uchun zarur bo‘lgan kasbiy, ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon etiladi.
Ma’ruzametodi - bu o‘qituvchi tomonida katta mazmundagi ma’lumotni og‘zaki tarzda mantiqiy izchillikda bayon qilish, talabalarning esa o‘quv materialini tinglash orqali idrok etishini nazarda tutadi.