GLOSSARIY Abak- abaka (lat. abacus – taxta, hisob taxtasi) –sonlarni raqamlashda, arifmetik amallarni bajarishda ishlatiladi.
Abstraklashtirish - tekshirilayotgan obyektlarning xususiy, unchalik e’tiborga molik bo‘lmagan jihatlarini soqit qilib, uning mohiyatini ochib beruvchi hossalarini ajratish va o‘rganish.
Analogiya-(yun. analogia – muvofiqlik, aynanlik, o‘xshashlik)
predmet va hodisalarda biror xususiyatning o‘xshashligi. U yordamida
ikki predmetning qandaydir bir xususiyati o‘xshasa, boshqa xususiyatlari ham o‘xshashligi haqida xulosa chiqariladi.
Analiz-sintez- analiz fikran yoki amalda narsa va hodisani tarkibiy bo‘laklarga bo‘lish, sintez esa mazkur bo‘laklarni fikran yoki amalda bir butun qilib birlashtirish, narsani yaxlit holda tadqiq etish.
Аxborotlar bilanishlash kompetentsiyasi - mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Anketa (so‘rovnoma)- ankеtamеtodi qo‘llanilgandayaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o‘quvchilarning yakka
yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kеlajak orzu-itsaklarini bilish va tеgishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar bеrish maqsadida o‘tkaziladi.