1-boshlovchi:- Bilasizmi, matematika fani bizga mantiqan fikrlashni o‘rgatadi, shu bilan birga, tafakkurimizni boyitadi.
2-boshlovchi: - Keling, davradagi tengdoshlarimizga mantiqan fikrlashga undaydigan topshiriqlar bilan murojaat qilamiz.
1. Umidjon quyonchalarning inida 12 juft quloqchalarni sanadi. Umidjonning quyonchalari nechta?
2. 10 ta uyning lampochkasi yonib turgan edi. 2 juft uyning lampochkasi o‘chib qoldi. Nechta uyda lampochka yoqilgan turibdi?
3. Rassom 20 nafar o‘g‘il bolaning rasmini chizish uchun nechta ko‘z, quloq, qo‘l va oyoq chizishi kerak? Hammasi qancha bo‘ldi?
4. Marjona hozir 5 yoshda, 4 fasl o‘tgandan so‘ng u necha yoshga to‘ladi?
5. Sevara 12 yoshga to‘lgach, yana necha oydan so‘ng 15 yoshga to‘lishini hisoblab topdi. Sevara necha oydan so‘ng 15 yoshga to‘ladi?
6. Fotima 12 oydan so‘ng 10 yoshga to‘ladi, Zuhra ham 12 oydan so‘ng 10 yoshga to‘ladi. Opa-singillarning ikkalasi necha oydan so‘ng 10 yoshga to‘ladi?
7. Madinaga oyisi 3 metr atlasdan chiroyli ko‘ylak tikib berdi. Oyisi 3 metr shoyidan Madinaga nechta ko‘ylak tikib bera oladi?
8. Dilshoda roppa-rosa 56 kundan so‘ng imtihon topshiradi.
Imtihonga necha hafta qoldi?
9. Said bug‘doyni 3 soatda, arpani 120 minutda o‘rib bo‘ldi. Said hammasini necha soatda o‘rib bo‘ldi?
10. Eshik oldida 24 ta oyoq kiyim bor. Uyda nechta mehmon borligini aniqlang.
1-boshlovchi: - Hayotimizda uchraydigan har bir predmet, har bir narsa biz matematika fanida tanishgan geometrik shakllardan tashkil topgan.
2-boshlovchi: - Keling, unda navbatni geometrik shakllarga beraylik. Ular sahnamizga tashrif buyurishibdi.