1-guruh
1. Ma’ruzadan olgan tushunchalardan foydalangan holda boshlang‘ich sinflarda tashkil qilinadigan matematika to‘garagining taxminiy rejasini tuzing.
2. Qiziqarli matematik masala va savollar tuzing.
3. Taqdimotga jamoa bo‘lib tayyorlaning.
Eslatma: 1) ishni bajarish vaqti - 20 daqiqa;
2) natijalarni A4 format qog‘ozda rasmiylashtiring.
2-guruh
1. Ma’ruzadan olgan tushunchalardan foydalangan holda boshlang‘ich sinflarda tashkil qilinadigan matematik kecha yoki viktorinalarning taxminiy ishlanmasini tuzing.
2. Qiziqarli matematik masala va savollar tuzing.
3. Taqdimotga jamoa bo‘lib tayyorlaning. Eslatma: 1) ishni bajarish vaqti - 20 daqiqa;
2) natijalarni A4 format qog‘ozda rasmiylashtiring. Guruhlarning bajargan ishlari tahlil qilinadi, baholanadi.
|
Savollar
|
Mumkin bo‘lgan javoblar
|
1
|
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar qanday tarzda baholanadi?
|
А
|
5 ballik tizimda
|
B
|
Rag‘batlantiriladi
|
V
|
Reyting usulida
|
D
|
3 o‘rinli tartibda
|
Test bilan ishlash
2
|
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlardan
tizimlilik xarakterga egabo‘lgan turlari qaysi javobda to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatilgan?
|
А
|
To‘garak, viktorina, ekskursiya, dars
|
B
|
Matematika 10 minutliklari, soatlari, to‘garaklar
|
V
|
Matematika 10 minutliklari, olimpiadalar, ertaklar
|
D
|
Matematik gazeta, matematik burchak, logik masalalar
|
3
|
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlardan epizodik xarakterga ega turlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
|
А
|
Matematika kechasi
|
B
|
Viktorina, olimpiada, konkurs, ertaliklar
|
V
|
Matematika toʻgaragi
|
D
|
Qiziqarli masala yechish, boshqotirgich, rebus
|
4
|
To‘garak mashg‘ulotlari
o‘tkazish uchun oyida necha marta o‘tkazish maqsadga muvofiq?
|
А
|
Har haftada bir marta
|
B
|
Ikki-uch marta
|
V
|
Besh marta
|
D
|
Bir marta
|
5
|
Bir marta matematik to‘garak mashg‘uloti o‘tkazish qancha vaqt davom etishi mumkin?
|
А
|
25 min
|
B
|
1 soat
|
V
|
2 soat
|
D
|
30-45 min
|
6
|
Matеmatik tanlovi qanday o‘quvchilar ishtirokida o‘tkaziladi?
|
А
|
Ixtiyoriy tanlab olingan
|
B
|
Yetarlicha tayyorgarligi bor
|
V
|
Masalalar yеchishda o‘z kuchini sinaydigan
|
D
|
A), B) javoblar to‘g‘ri
|
7
|
Mаtеmаtikаdаn sinfdаn tаshqаri ish dеyilgаndа qаndаy mаshg‘ulоtlаr tushunilаdi?
|
А
|
O‘quvchilаr bilаn dаrsdаn tаshqаri vаqtdа tаshkil qilingаn dаstur bilаn bоg‘liq bo‘lgаn mаtеriаl аsоsidа iхtiyoriylik tаmоyiligа
аsоslаngаn mаshg‘ulоtlаr
|
B
|
O‘qituvchi rаhbаrligidа dаrsdаn kеyin majburiy rаvishdа o‘tkаzilаdigаn mаshg‘ulоtlаr
|
V
|
O‘quvchilаr bilаn dаrslаr tаshqаri vаqtdа o‘tkаzilаdigаn
|
77
|
|
|
mаjburiy mаshg‘ulоrlаr
|
D
|
O‘qituvchi rаhbаrligidа dаrsdаn kеyin iхtiyoriy rаvishdа
o‘tkаzilаdigаn mаshg‘ulоtlаr
|
8
|
Bоshlаng‘ich sinflаrdа mаtеmаtikа fаnidаn оlimpiаdаni nеchаnchi sinfdаn bоshlаb o‘tkаzish mumkin?
|
А
|
4-sinfdа
|
B
|
3-sinfdа
|
V
|
2-sinfdа
|
D
|
1-sinfdа
|
9
|
Mаtеmаtikаdаn bоshlаng‘ich sinflаrdа o‘tkаzilаdigаn sinfdаn tаshqаri ish shаkllаri qаysi jаvоbdа to‘liq ko‘rsаtilgаn?
|
A
|
Mаtеmаtik o‘n minutlik, qiziqаrli mаtеmаtikа sоаtlаr, mаtеmаtik ekskursiyalаr, mаtеmаtik kоnkurslаr vа оlimpiаdаlаr, mаtеmаtik mаtbuоt, mаtеmаtik burchаk, matematik kechalar
|
B
|
Mаtеmаtik o‘n minutlik qiziqаrli mаtеmаtikа sоаtlаr, mаtеmаtik ekskursiyalаr
|
V
|
Mаtеmаtik mаtbuоt, mаtеmаtik burchаk
|
D
|
Mаtеmаtik kоnkurslаr vа оlimpiаdаlаr
|
1
0
|
Mаtеmаtikаdаn sinfdаn tаshqаri ishlаr bilаn sinf-dаrs ishlаri оrаsidаgi o‘хshаshlik nimаdа?
|
A
|
Хоhishiyligidа, sаrflаnаdigаn vаqtning turli хilligidа
|
B
|
DTS talabiga koʻra
|
V
|
Sаrflаnаdigаn vаqtning turli хilligidа
|
D
|
Хоhishiyligidа
|
Uyga vazifa: Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan ikki turdan iborat matematik olimpiada (Bilimlar bellashuvi) uchun savollar tayyorlash va o‘tkazilish taxminiy sxemasini tuzish.
Matematik konkursning o‘tkazilish tartibi ishlanmasini ishlab chiqish.
Namuna
“Matematika – fanlar shohi” mavzusida tadbir senariysi
Tadbir o‘tkazilayotgan joy bayramona ruhda bezatiladi.
Devorda al-Xorazmiy surati aks ettirilib, uning atrofida matematika faniga doir so‘zlar yoziladi. Tadbir quvnoq musiqa sadolari bilan boshlanadi. Sahnaga milliy kiyingan ikki nafar o‘quvchi chiqib keladi.
1- boshlovchi:
Assalom, yurtimizning bilimga boy maskani! Assalom, ey ilm-u fanning sohib-u davronlari! Davramizga xush kelibsiz, elning sharaf-shonlari, Siz kelajak bunyodkori, topqir-u zukkolari!
2- boshlovchi:
Matematik tadbirda bo‘ling deymiz siz shodon, Jilo bersin davraga turfa xil she’r betakror. Qiziq topshiriq, misol sizga bo‘lsin armug‘on, Bobomiz al-Xorazmiy ruhi bo‘lsin madadkor!
1-boshlovchi: - Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, bilimga chanqoq o‘quvchilar!
2-boshlovchi: - Bugungi bayram tadbirimizni hisob-kitob ilmi - matematika faniga bag‘ishladik.
1-boshlovchi: - Tadbirimiz rang-barang she’r va quvnoq
topshiriqlarga boy.
2-boshlovchi: - Qani, aziz tengdoshlar! Matematika fani bizga nimalarni o‘rgatar ekan?
(Shu payt sahnaga 4-sinf o‘quvchilari chiqadi. Matematika fani
haqida she’r o‘qib eshittiradi).
1-o‘quvchi: - Matematika atamasi yunonchadan olingan bo‘lib bilim, fan ma’nosini beradi. U aniq mantiqiy mushohada, hisoblash amallari bilan shug‘ullanadigan fandir.
2-o‘quvchi:
Hisob-kitob ilmini,
O‘rgat, matematika.
“Qo‘sh, ayir, bo‘l, ko‘paytir”, Oddiy arifmetika.
3-o‘quvchi:
Raqamni bir-bir sanab, O‘rgan amal tartibin. Qiziqarli ifoda
Va tenglamalar tuzgin.
4-o‘quvchi:
Ko‘paytirish jadvalin Ikkilanmasdan yodla, O‘lchov birliklarini Yoddan aytgin baralla.
5-o‘quvchi:
Chizgin chiziq va kesma, Perimetr, yuza top. Gorizontal, vertikal, Bunda barcha so‘z noyob.
6-o‘quvchi:
Birlar, o‘nlar va yuzlar,
Ko‘p xonali sonlar bil. Sodda, qiyin masala, Yechishga to‘pla aql.
7-o‘quvchi:
Hisob-kitobni bilsang, Barcha yo‘l senga ochiq. Hayotda qoqilmaysan G‘oliblik senga tortiq!
1-boshlovchi: - Matematika faniga kim asos solganini bilasizmi?
2-boshlovchi: - Ha, albatta, matematika faniga buyuk bobomiz, qomusiy olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asos solgan.
1-boshlovchi: - Al-Xorazmiy 783-yilda Xorazmda tug‘ilgan, jahonga tatigulik olamshumul asarlar yaratib, butun umrini ilm-u fanga bag‘ishlab, 850- yilda vafot etgan.
2-boshlovchi: - Bir necha asrlardan buyon saqlanayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, bobomiz bolalikdan o‘tkir zehnli bo‘lgan ekan. Yoshligidan Markaziy Osiyoning ko‘pgina shaharlarida bo‘lib, ularning tarixi, geografiyasini yaxshi o‘rgangan.
1-boshlovchi: - Bag‘dodga kelib, bu yerda tashkil etilgan “Baytul-hikma” nomli ilm o‘chog‘ida olimlar bilan ko‘plab ilmiy kashfiyotlar qilib, buyuk olim bo‘lib yetishgan.
2-boshlovchi: - Demak, biz ana shunday buyuk daholarga munosib avlod bo‘lishimiz lozim.
(Shu payt sahnaga al-Xorazmiy qiyofasiga monand o‘quvchi tashrif buyuradi).
1- boshlovchi: - Assalomu alaykum, bobojon.
2- boshlovchi: - Davramizga xush kelibsiz, donishmand bobo!
Al-Xorazmiy: - Assalomu alaykum, bilimga chanqoq bolajonlar. Siz bilan uchrashib turganimdan bag‘oyat xursandman. Ishonamanki, siz kelajakning buyuk olim-u davronlarisiz. Bilasizmi, bolajonlar matematika fanining asosiy jihatlari nimada?
Dostları ilə paylaş: |