1-boshlovchi: - Buyuk bobokalon, bilamizki, matematika fanida tezkorlik muhim.
Al-Xorazmiy: - Albatta, tezkorlik va topqirlik bu - bilimlar cho‘qqisi sari olib boruvchi yo‘l. Men topqir bolajonlar uchun bir qancha topshiriqlar tayyorlab kelganman.
2-boshlovchi: - Keling, bobojon, unda davradagi tengdoshlarimizning zehni va tezkorligini sinab ko‘ramiz.
(Shundan so‘ng sahnaga ixtiyoriy ravishda to‘rt-besh o‘quvchi chiqadi. Ishtirokchilarga quyidagi tezkor savollar bilan murojaat qilish mumkin).
1. 30 sonidan 6 marta kichik sonni ayting.
2. Qaysi son 90 sonidan 9 marta kichik?
3. 20 va 10 sonlarining ko‘paytmasini 10 marta kamaytiring.
4. 100 va 10 sonlarining bo‘linmasini 10 marta orttiring.
5. 70 va 30 sonlari yig‘indisidan 30ni ayiring.
6. 80 va 20 sonlarining ayirmasiga 20ni qo‘shing.
7. Habiba 10ta kitob, Muslima undan 10ta ko‘p kitob sotib oldi. Ikkala dugona nechta kitob sotib oldi?
8. Asadbek 8ta inga don sepib chiqdi. Har bir inda 8 tadan qush bor edi. Asadbek nechta qushga don berdi?
9. Mushtariy 18 ta derazani tozaladi. Har bir uyda 2 tadan deraza bor. Mushtariy nechta uyning derazasini tozalagan?
10. Firdavsda 100 ta, Asadbekning undan 2 barobar ko‘p “5”
bahosi bor. Ikkala aka-ukaning “5” baholari nechta?
Dostları ilə paylaş: