Amaliy mashg‘ulot 1-modul



Yüklə 14,04 Mb.
səhifə19/61
tarix07.01.2024
ölçüsü14,04 Mb.
#203354
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
matmetodika

e) oquv chilаrning kitоb bilаn ishlаshlаri - оg‘zаki o‘qitish mеtоdlаrining ko‘rinishlаridаn biri. Kitоb muhim bilim mаnbааlаridаn biridir. O‘qish jarayonining hаmmа bоsqichlаridа dаrslik vа kitоb bilаn ishlаsh аmаlgа оshirilаdi.
Dаrsliklаrdа hаr хil mаshqlаrdаn оldin bеrilgаn ko‘rsаtmаlаrni o‘qishgа kаttа e’tibоr bеrish kеrаk. Аyniqsа, bu аlgоritmik хаrаktеrdаgi kоnkrеt ko‘rsаtmаlаrdаn fоydаlаnishdа muhimdir, bundаy ko‘rsаtmаlаr III sinf dаrsligidа yozmа hisоblаsh usullаrini qаrаshdа bеrilgаn. Bundаy ishning yakuni rаsm, chizmа оg‘zаki ifоdаlаr mаtеmаtik yozuvlаr yordаmidа yangi bilimlаrni musitаqil egаlаsh uchun dаrslik оchib bеrаdigаn imkоniyatlаrning hаmmаsidаn fоydаlаnishdаn ibоrаt bo‘lishi kеrаk.
2. Korsatmali metodlar. O‘qitishning ko‘rsatmali metodlari –
o‘quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi.
Kuzatish hissiy tafakkurning faol shaklidir, bundan o‘qitishda, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda keng foydalaniladi. Tevarak atrofdagi predmet va hodisalar va ularning turli-tuman modellari (har xil tipdagi ko‘rsatma-qo‘llanmalar) kuzatish obyektlari hisoblanadi. O‘qitishning ko‘rsatmali metodlarini o‘qitishning og‘zaki metodlaridan ajratib qo‘yib bo‘lmaydi. Ko‘rsatma-qo‘llanmalarni namoyish qilishni har doim o‘qituvchining va o‘quvchilarning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi. O‘qituvchining so‘zi bilan ko‘rsatma vositalardan birgalikda foydalanishning 4 ta asosiy shakli aniqlangan:
1) o‘qituvchi so‘zlar yordamida o‘quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi;
2) og‘zaki tushuntirishlar obyektning bevosita ko‘rinmaydigan
tomonlari haqida ma’lumotlar beradi;
3) ko‘rsatma qo‘llanmalari o‘qituvchining og‘zaki tushuntirishlarini tasdiqlovchi yoki konkretlashtiruvchi illyustrasiya bo‘lib xizmat qiladi;
4) o‘qituvchi o‘quvchilar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi.
3. Amaliy metodlar. Malaka va konikmalarni shakllantirish va mukammalashtirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan metodlar
o‘qitishning amaliy metodlari hisoblanadi. Xususan, bunday metodlar jumlasiga yozma va og‘zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba’zi turlari kiradi. Mashqlar asosan
mustahkamlash va bilimlarni tatbiq qilish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish metodi sifatida qo‘llaniladi.
Mashq deb biror amalni, shu amalni o‘zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish va ijodiy mashqlarga katta ahamiyat beriladi. Ijodiy xarakterdagi mashqlarga masalan, masala va misollarni turli usullar bilan yechish, ifoda bo‘yicha masala tuzish, qisqa yozuv, chizmaga ko‘ra masala tuzish, muammoli masalalarni yechish mashqlari va boshqa mashqlar kiradi.



Yüklə 14,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin