4.3. Klaster metodining mohiyati. Insert usuli
Klasterlarga ajratish - o‘quvchilarga biror-bir mavzu to‘g‘risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu usul ko‘p variantli fikrlashni o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o‘rtasida aloqa o‘rnatish malakalarini rivojlantiradi. “Klaster” so‘zi hujum, bog‘lam ma’nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da’vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag‘batlantirish uchun qo‘llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg‘otish, mavjud bilimlarga yetib borish strategiyasi bo‘lib, muayyan mavzu bo‘yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi.
Biror mavzu bo‘yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal
o‘rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Klaster tuzish ketma-ketligi:
1. Katta varoq qog‘ozning o‘rtasiga yoki sinf doskasiga yoxud yozish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan sathga “kalit” so‘z yoki gap yoziladi.
2. Shu mavzuga tegishli deb hisoblangan va hayolga kelgan so‘z va gaplar yoziladi.
3. Fikrlar paydo bo‘lganda va ularni yozganda fikrlar o‘rtasida mumkin bo‘lgan bog‘lanishlarni belgilash.
4. Fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo‘lgunicha hayolga kelgan barcha fikrlar yozilaveradi;
5. Keltirilgan so‘z va fikrlar mazmuni va yaqinligiga qarab toifalarga ajratib chiqiladi.
Klaster tuzishda guruhdagi barcha o‘quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh uchun g‘oyalar o‘zagi bo‘lib xizmat qiladi.
“Baliq skleti” texnikasi
Darsdan tashqari olib boriladigan
ishlar
Mustaqil uy ishlari Darslikda berilgan uyga vazifalar
Ayrim o‘quvchi va bir necha o‘quvchilar guruhi bilan individual va guruh
mashg‘ulоtlari
Past o‘zlashtirgan o‘quvchilar bilan darsdan keyin shug‘ullanish
Matemakadan qоbilyatli
o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan
mashg‘ulоtlar Fan оlimpiadasiga
tayyorlash
Matematikadan sinfdan
tashqari mashg‘ulоtlar
To‘garaklar, matematik kechalar
Q.V.Z.larni tashkillash
O‘quvchilar bilan ishlab
chiqarishga tabiatga ekskursiya
Chоrak ta’tillarida tabiat qo‘yniga ekskursiya tashkil qilish
“Insert” texnikasining qoidalari:
1. Matnni o‘qib chiqing.
2. Olingan ma’lumotni tizimlashtiring.
3. Har bir qatorga qalam yordamida belgilar qo‘ying.
Dostları ilə paylaş: |