Dars turi: BKMlarni mustahkamlash.
Dars metodi: tushuntirish, amaliy ish, test, M.D Jihozi: darslik, multimedia lavha, tarqatma materiallar Darsning borishi: I. Tashkiliyqism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. Navbatchi hisoboti tinglanadi. Bugungi dars shiorini ishlab chiqish: Hisob aql qayrog‘i.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Uyga berilgan 429-430 vazifani so‘rash va tahlil qilish.
1. Paletka nima? (Shakllar yuzini topish uchun ishlatiladigan shaffof plastinka).
2. Undan qanday foydalaniladi? (Shakl ustiga paletkani qo‘yib, undagi to‘liq kvadratlar, hisoblab, unga to‘liq bo‘lmagan kvadratlarni sanab ikkiga bo‘lib qo‘shiladi).
3. Agar uchrashma harakatda jismlar bir-biriga qarab bir xil vaqtda harakatlansa, ular sarflaydigan vaqt qanday bo‘ladi? (Agar jismlar bir – biriga qarab bir xil vaqtda harakatlansa, ular uchrashguncha bir xil vaqt sarflaydilar).
4. Masofani qanday topish mumkin? (Masofani topish uchun harakat vaqti tezlikka ko‘patiriladi).
III. BKMlarnimustahkamlash. 1-topshiriq. Amallar tartibi.
560.093-186.289+54*370=
100.000-(450*30+57435:7)=
666.666:111 -5.827 + 400600:5=
2-topshiriq.
Matematik diktant- 23m kv= ? sm kv., 50000sm kv=? dm kv., 7 yarimta cho‘pning nechta uchi bor, qaysi son 78 dan 32 ta ko‘p, eng kichik 4 xonali sonning yarmi, 70 sm kv. = ? mm kv., 1-sinf 78 birl. 2- sinf 25 birl., 1-sinfning 6 birl. 2-sinfning 9 o‘nligi, 5.089.004,
70.400.901.
3-topshiriq. “Mulohazalar tahlili” metodi.