Texnologik xarita - ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjatdir.
Tizim (sistema) – tartibga solingan, o‘zaro bog‘langan va ta’sir ko‘rsatib turadigan pedagogik hodisa; tartibga solingan tushunchalar yig‘indisidir.
Tizim (sistema) – o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar
o‘rtasidagi mustahkam birlik va bog‘liqlik.
Topshiriq - tahsil oluvchilarni ijobiy xatti-harakatga yo‘naltiruvchi ta’lim-tarbiya metodi.
Tushuntirish - bu o‘qituvchi mаtеriаlni bаyon qilаdi, o‘quvchilаr esа uni tаyyor hоldа qаbul qilib оlаdilаr. Mаtеriаl bаyoni esа puхtа, аniq, tushunаrli, qisqа bo‘lishi kеrаk.
Yakuniynazorat – sesmestr va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi.
Yo‘nalish - 5-bosqichning o‘quv rejalar va fanlar dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan “bakalavr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini bajarishni ta’minlovchi bazaviy va fundamental bilimlar, o‘quvlar va ko‘nikmalar kompleksi.
O‘qitish sifatini nazorat qilish - talabaning bilim saviyasini
tekshirish va uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash.
O‘qitishningme’yoriymuddati - ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv rejalari va fanlar dasturi o‘zlashtirilishi uchun belgilangan muddat.